Motivatsiya va emotsiya psixologiyasi xaqida tushuncha

Motivatsiya va emotsiya psixologiyasi xaqida tushuncha

O'quvchilarga / Psixologiya
Motivatsiya va emotsiya psixologiyasi xaqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Motivatsiya va emotsiya psixologiyasi haqida tushuncha RYeJA: 1. Motiv va motivatsiya haqida tushuncha. 2. Shaxs ustanovkalari. 3. Insonning oliy hislari. 4. Iroda. Iroda xususiyatlari. 1. Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazaridan yondoshish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o'ziga xos psixologik maktab vujudga kelgan bo'lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va konsepsiyalar mohiyati jihatidan farqlanuvchi g'oyalar va yo'nalishlar mujassamlashdi. Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyondalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, A.A.Uxtomskiy, S.V.Rubinshteyn, V.S.Merlin, V.I.Selivanov va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Bundan tashqari Yevropava Amerika mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 dan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Insonni xatti-harakati va malum ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq faoliyatga undovchi sababga motiv deyiladi. Odamning faoliyat motivlarini o'rganish shaxsning ma'naviy-psixologik mohiyatini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Kishilarning xulq-atvoriga qarab, uning xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularning motivlarini aniqlashga intilish lozim. Shunda xatti-harakatlarni odam uchun tasodifiy yoki qonuniy ekanligini anglash mumkin bo'ladi. Bunday xatti-harakatlarni yana takrorlanishini oldindan ko'ra olish, shaxsiy holatlarning ayrimlarini yuzaga keltirmaslikning oldini olish, boshqalarning taraqqiy etishini qo'llab-quvvatlash mumkin. Bazilar mehnatga o'z ehtiyojlariga ko'ra sidqidildan munosabatda bo'lsalar, bazilar o'z burchlarini anlaganliklaridan, yana bazilar o'zlarining qabih niyatlariga erishish uchun vaqtincha sun'iy munosabatda bo'ladilar. Motivatsiya-odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui bo'lib, xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni hisoblanib unga tashabbus, yo'nalganlik, tashkilotchilik, qo'llab-quvvatlash kiradi. Motirovka deganda inson xulq atvorini tushuntirish bo'lib, unda «Nima uchun?», «Qanday maqsad bilan?», «Qanday manoda?» kabi savollarning motivatsiyaga bog'liqligidir. Motivatsiya inson xulq-atvori, uning bog'lanishi, yo'nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o'zaro mustaqil bog'langan, lekin bir-biriga to'la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi; a) Individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatga undovchi sabablar sifatidagi motivlashtirishdir. Faollik holatini paydo bo'lishini subyektiv ehtiyojlarini izohlab beradi. b) Motivlashtirish faollik kimga qaratilgani boshqa xulq-atvor emas, balki xuddi shunaqasi tanlaganligini izohlab beradi. Motivlar xulq-atvor yo'nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo'nalishini tashkil etadi. V) Kishi axloqi va faoliyatini boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bularga emotsiyalar, itsaklar, qiziqishlar kiradi. Ustanovkalar - yo'nalish, yo'naltirish manosini anglatib, kishining tevarak-atrofdagi odamlarga yoki obyektga nisbatan qanday munosabatda bo'lishlarini, ularni idrok qilinishi, sezish, ularga baho berish va qandaydir harakat qilishga tayyorgarligini anglatadigan holatdir. Yo'naltirilgan faoliyat subyektning malum vaziyatda faol yo'l topib keta oladigan harakatlari majmuidir. Yo'nalish - tug'ilgan yo'l, maqsad sari shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qati nazar malum yo'lga yo'naltiruvchi barqaror motivlar majmuidir. Ular asosiy, etakchi va bosh ehtiyojlar, qiziqishlar, moyillik, e'tiqod, dunyoqarashlar, yuksak g'oyalar bilan xarakterlanadi. Har ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 58.41 KB
Ko'rishlar soni 311 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 58.41 KB
Ko'rishlar soni 311 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga