Muloqot va shaxslararo munosabatlar

Muloqot va shaxslararo munosabatlar

O'quvchilarga / Psixologiya
Muloqot va shaxslararo munosabatlar - rasmi

Material tavsifi

Muloqot va shaxslararo munosabatlar - ijtimoiy psixologiyaning mavzuidir Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o'rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni - jamiyatda yashash va o'zini shaxs deb hisoblash bilan bog'liq ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati kattadir. Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o'zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Yani, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o'qish, o'yin, ijod qilish va boshqalar) o'zaro munosabat va o'zaro ta'sir shakllarini o'z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma'lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o'rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro'si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog'liqdir. Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo'lib, unga odam hayoti mobaynida o'rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko'p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o'zida quyidagilar kiradi: a) individlarning o'zaro ta'sir jarayoni; b) individlar o'rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; g) bir kishining boshqalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni; d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; e) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni». Muloqot va shaxslararo munosabatlar - ijtimoiy psixologiyaning mavzuidir. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o'rni. Muloqot shakllari va bosqichlari. Muloqotning psixologik tizimi va vazifalari. Muloqot va shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy psixologiya fani predmeti ekanligi. Muloqotning ko'p qirrali jarayon ekanligiga oid B.Parigin fikrlari. Shaxslararo muloqotning shaxs taraqqiyotidagi o'rni. Muloqotning funksiyalari: bir-birini tushunish, ijtimoiy tajribaga asos solish, faoliyatga hozirlash, ruhlantirish. Muloqotning o'z-o'zi bilan muloqot, boshqalar bilan muloqot, avlodlararo muloqot bosqichlari va ularning o'ziga xos xarakteristikalari. Muloqotning rasmiy va norasmiy shakllari va ularning shaxs uchun qulay hamda noqulay jihatlari. Muloqotning turlari: ijtimoiy yo'naltirilgan, guruhdagi predmetga ko'ra, shaxsiy va pedagogik muloqot. Muloqotning yuzma-yuz, texnik vositalar (telefon, telegraf), dialogik, monologik turlari. Muloqotning psixologik tizimini G.Andreeva bo'yicha strukturasi: muloqotning kommunikativ tomoni, muloqotning interaktiv tomoni, muloqotning pertseptiv tomoni. B.Lomov bo'yicha muloqotning funksiyalari: ma'lumotlar almashinuvi, xulq-atvor boshqaruvi, hissiyotlar almashinuvi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.34 KB
Ko'rishlar soni 190 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.34 KB
Ko'rishlar soni 190 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga