Muloqotda nizoli holatlar va shaxs toifalari

Muloqotda nizoli holatlar va shaxs toifalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Muloqotda nizoli holatlar va shaxs toifalari - rasmi

Material tavsifi

Muloqotda nizolar holatlar va shaxs toifalari O'z vaqtida Banopart Napoleon shunday yozgan ekan: Qilich bilan har narsa qilish mumkin, faqat uning ustiga o'tirib bo'lmaydi. Bu fikrida u ko'pincha insonlar o'rtasida bo'lib turadigan nizolarni, ziddiyatlarni nazarda tutgan ekan. Chunki totalitar yoki diktatorlik boshqaruvi sharoitida ziddiyatlarning bo'lishi tabiiy bo'lib, uning yagona yechimi - uzil-kesil uni hal qilish choralarini izlash bo'lgan. Lekin demokratik munosabatlar sharoitidagi rahbar hamda uning qo'l ostidagilar o'rtasida yoki xodimlar o'rtasida kelib chiqadigan nizolar yoki ziddiyatlarning tabiati va mohiyati biroz boshqacha bo'ladi. Avvalo shuni etirof etish lozimki, insoniy munosabatlarning har qanday tizimida ham fikrlarning rang-barang bo'lishi va ular o'rtasida farq bo'lishi muqarrar xoldir. Lekin ana shunday fikrlardagi farqni salbiy holat deb hisoblab bo'lmaydi. Nima sababdan mehnat jamoalarida turli xil nizolar kelib chiqadi. Buning bir necha sabablari bor: alohida shaxs va jamoatchilik manfaatlarining mos kelmasligi; ayrim alohida jamoa a'zolari xatti-harakatlarining ijtimoiy, gruppaviy normalarga zid kelishi (tartibsizlik, intizomning buzilishi, mahsulotdagi brak, ishning samarasizligi va b.q.); jamoa a'zolari qarashlaridagi nomuvofiqliklar; ishni tashkil etish va mehnatga munosabatdagi farqlar; ishchi-xodimlar o'rtasidagi vazifalarning to'g'ri taqsimlanmaganligi va h-zo. Demak, yuqoridagi holatlarko'p hollarda quyidagi turdagi nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaradi: ta'sirning yo'nalishigako'ra: vertikal va gorizontal; nizoni hal qilish usuliga ko'ra: antogonistik va kelishuvga olib keladigan nizolar - kompromiss; namoyon bo'lish darajasigako'ra: ochiq, yashirish, potentsial, asosli; ishtirokchilar soniga ko'ra: shaxsiy, shaxslararo, guruhlararo; kelib chiqish tabiatiga ko'ra: milliy, etnik, millatlararo, ishlab chiqarish, hissiy-emotsional. Agar yuqoridagilarni tahlil qiladigan bo'lsak, gorizontal nizolar hayotda eng ko'p uchraydi. Bunday nomurosozliklar aksariyat hollarda xodimlar o'rtasida ayrim a'zolarning ishni yaxshilash, yangi ish metodlarini joriy etish, axloq normalarini himoya qilish, adolat uchun kurash, ilg'or jamoa a'zolarining shu yerdagi ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish borasidagi fikrlarini ayrimlar tomonidan etirozlar bilan qabul qilishi natijasida ro'y beradi. Vertikal nizolar esa ko'pincha rahbar bilan xodim o'rtasida sodir bo'lib, u bir qarashda liderlikka da'vogarlik, yuqoridan tazyiq, pastdan turib boshqa xodimlar yoki kuchlar atrofida birlashish, saralanishlar oqibatida kelib chiqadi. Bunda nizoning tashabbuskori va bosh aybdori kimligiga bog'liq tarzda uni xal qilish usuli tanlanadi. Masalan, agar boshliq xodimning ishga mas'uliyatsizligidan noroziligi tufayli paydo bo'lgan nizo bilan uning professionalizm borasida xadeb O'zini ko'rsatayotganligidan noroziligi tufayli kelib chiqadigan nizoning ham farqi bor. Har qanday nizoning asl tub mohiyati shundaki, uning paydo bo'lishi ayrim o'zgarishlarga olib keladi. Bu o'zgarish ijobiy o'zgarishlarni keltirib chiqarsa, uni konstruktiv, salbiy oqibatlar yoki xodimlar qo'nimsizligini keltirib chiqarsa, destruktiv xarakterli deb ataymiz. Nizolar yuzga kelishida ikki xil shart-sharoit mavjud. obyektiv shart- sharoitlarga: Mehnat qilish uchun sharoitning yomonligi; Xodimlar orasida majburiyat va vazifalarning noto'g'ri taqsimlanganligi; Boshqaruv tizimidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 99.37 KB
Ko'rishlar soni 305 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 99.37 KB
Ko'rishlar soni 305 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga