Muloqotning verbal, noverbal, paralingvistik ta'sir vositalari

Muloqotning verbal, noverbal, paralingvistik ta'sir vositalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Muloqotning verbal, noverbal, paralingvistik ta'sir vositalari - rasmi

Material tavsifi

Muloqotning verbal, noverbal, paralingvistik ta'sir vositalari Odamlar muloqot jarayonida so'zlardan tashqari, yani verbal vositalardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan holatlardan, kulgu, ohanglar va boshqalardan ham foydalanadilar. Qiliqlar, mimika, ohanglar, to'xtashlar (pauza), hissiy holatlar, kulgu, yig'i, ko'z qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o'zaro muloqotning nutqsiz vositalari bo'lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni to'ldiradi, bazan esa nutqli muloqotning o'rnini bosadi, bunday vositalarni noverbal vositalar deyiladi. Buyuk rus yozuvchisi L. Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi hamda 85 xil ko'z qarashlari turi borligini kuzatgan. G. M. Andreevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigohlarning yaqin ko'rinishlari bor. Ayniqsa, birinchi bor uchrashganda ko'zlar to'qnashuvi, nigohlarning roli keyingi muloqotning taqdiriga kuchli ta'sir ko'rsatishi maxsus tadqiqotlar jarayonida o'rganilgan. Bularning barchasi muloqotning hissiy tomondan boy, mazmundor bo'lishini ta'minlab, odamlarning bir-birlarini tushunishlariga yordam beradi. Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda hududiy xususiyatlari borligini ham alohida takidlab o'tmoq lozim. Masalan, o'zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o'zaro munosabatlarining bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko'proq ishlatilishi bilan bog'liq. Bolalarning o'z yig'isi bilan onasiga o'z his-kechinmalari hamda xohishlarini bildirishlari ham bolalarning yosh xususiyatlariga bog'liq. Boshqa millatlar madaniyatiga nazar tashlanadigan bo'lsa, ularda ham bazi bir muloqot vositalarining turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvohi bo'lish mumkin. Bolgarlar agar biron narsa bo'yicha fikrni tasdiqlamoqchi bo'lishsa, boshlarini u yoq-bu yoqqa chayqashar, inkor qilishmoqchi bo'lsa, aksincha, bosh siltashar ekan. Malumki, o'zbeklar, ruslar va bir qator boshqa millatlarda buning aksi. Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga ega. Masalan, ayollar ko'proq hissiyotlarga boy bo'lganliklari sababli, suhbatlashayotganlarida bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, erkaklar o'rtasida esa doimo fazoviy masofa bo'ladi. Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagiday orqama-ketin o'tqazib o'qitgandan ko'ra, ularni yuzma-yuz o'tkazib davra qurib o'qitgan maqul emish, chunki bunday sharoitda o'quvchilarda ham javobgarlik hissi yuqoriroq bo'lar ekan hamda emotsiyalar almashinishgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo'lib, bolalarning predmetga va bir-birlariga munosabatlari ancha yaxshi bo'lar ekan. Paralingvistik ta'sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to'xtashlar, duduqlanish, yo'tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do'stimiz bizga biror narsani vada berayotgan bo'lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib - pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa isxonamiz, albatta. Demak, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutqqa etibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik chog'laridanoq nutq madaniyatiga o'rgatish, nutqlarini o'stirish choralarini ko'rish zarur. Pedagog esa shunday nutq madaniyatiga ega bo'lishi kerakki, u avvalo uning faoliyatini to'g'ri tashkil etishni ta'minlasin, qolaversa, bolalarda nutqning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.39 KB
Ko'rishlar soni 780 marta
Ko'chirishlar soni 92 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.39 KB
Ko'rishlar soni 780 marta
Ko'chirishlar soni 92 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga