Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari Sh unday qilib, ijtimoiy tarbiyaning dastlabki o'chog'i oila bo'lib, aynan ota va ona dastlabki ijtimoiy ko'nikmalarni bola ongiga singdiruvchi, uning irodasini charhlovchi insonlardir. Oilaviy munosabatlar bolani naqaqat shaxs sifatida o'zligini anglash, balki o'zini u yoeki bu jins vakili sifatida idrok etish va shaxsiy fazilatlarini takomillashtirishga ham yordam beradi. Bizning kuzatishlarimiz shuni isbotladiki, oilaning to'liq bo'lishi, yani, unda ham ota, ham onaning tinchlik-totuvlikda yashashlari va unda normal insoniy munosabatlar, sog'lom ma'naviy muhitning mavjudligi bolaning har tomonlama yaxshi rivojlanishi, sog'lom, aqlli, kuchli iroda sohibi bo'lib etishiga imkon beradi. Bolaga ham otaning ham onaning bo'lishining zarurati shu bilan izohlanadiki, masalan, qiz bola onasi va uning oilada o'zini tutishiga qarab, o'zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini anglashdan tashqari, kelajakda qanday ona bo'lishini tasavvur qilsa, otasiga, uning onasiga bo'lgan munosabatiga qarab, o'zini kelajakda oila qurganda qanday oila sohibasi bo'lishi lozimligini anglab boradi. Xuddi shunday, o'g'il bola onasining fazilatlari, oiladagi tutimi va otasiga munosabatini idrok qilib borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan turmush qurish mumkinligi, tanlaydigan qizi qanday sifatlar sohibasi bo'lishi lozimligini bilib borsa, otasi va uning oilada mavqeiga qarab, o'zini erkak sifatida kelajakda tasavvur qilish bilan birgalikda turmush o'rtog'iga qanday munosabatda bo'lish lozimligi to'g'risida bilim va tasavvurlarini orttirib boradi. Bu psixologik qonuniyat bo'lib, shaxsning oiladagi shaxsiy va jinsiy sotsializatsiyasining yetakchi tamoyili hisoblanadi. Shu bois ham bolaning tom manoda yaxshi tarbiya olib, jamiyatda va oilaviy munosabatlarda munosib mavqega ega bo'lishi uchun oila muhiti sog'lom, barqaror, yer va xotin bir-birlariga g'amxo'r, mehrli v asadoqatli bo'lishlari o'ta muhimdir. Demak, oila bolaning ijtimoiy munosabatlarga tayyor bo'lishida muhim ahamiyat kasb etgan pedagogik muhitdir. Shu bois ham olimlar oilaning eng muhim va dastlabki vazifalaridan ham birini tarbiyalovchi funksiya ekanligini doimo etirof etadilar. Oilaviy sotsializatsiya jarayonini bir tomonlama, yani, farzandlar tarbiyasidagi roli bilan cheklash to'g'ri bo'lmaydi. Chunki ayniqsa, yosh oilada nikohdan so'ng yer va xotin boshqa oila a'zolari jamiyatida xohlasa-xohlamasa o'z-o'zidan tarbiyalanib, xarakter xislatlarini o'zgartirib boradilar. Masalan, ilgari tortinchoq, uyatchan, ikkilanuvchan yigit, uylangach, turmush o'rtog'i nigohida obro'si mehr-muhabbat tufayli oshgan sari, o'zida kuch-qudratni, irodani sezib, dadil, faol, o'ziga nisbatan ijobiy fikrli, aqlli, bosiq bo'lib borishi tabiiy. Kelinchak ham yangi xonadon sharoitiga ko'nikib borgan sari, uning an'analarini muvaffaqiyat bilan o'zlashtirib borgan sari, turmush o'rtog'ining mehrli muhabbati, qaynnona va qaynotaning g'amxo'rligi, etiborliligi oqibatida yanada iffatli, sermulohazali, ziyrak va farosatli bo'lib, o'zidagi ilgari mavjud ayrim salbiy xarakter sifatlaridan qutulishi ham mumkin. Bu - yer va xotin uchun oila muhitining yangi bosqichdagi ijtimoiylashuv maskani sifatidagi o'rnini isbotlaydi. Lekin ayrim oilalarda yer va ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.07 KB
Ko'rishlar soni
1039 marta
Ko'chirishlar soni
235 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.07 KB
Ko'rishlar soni
1039 marta
Ko'chirishlar soni
235 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:13 ]
Arxiv ichida: docx