Sezgi va idrok haqida R YeJA: 1. Sezgi va idrok haqida tushuncha. 2. Sezgining umumiy xususiyatlari. 3. Sezgini klassifikatsiya qilish prinsiplari va turlari. 4. Idrokning turlari va xususiyatlari. 1. Bizni o'rab turgan va mavjud bo'lgan barcha narsa va hodisalar o'zga xos xususiyatlarga ega. Xususiyatlar bu predmetlarning belgilaridir. Belgi bu predmetni boshqalardan ajratadigan omilidir. Xususiyatlar bevosita bizning ongimizda aks etib, bunda sezgi organlari ko'rish, eshitish, hid bilish, tam bilish, teri tuyushni roli katta. Bu eng oddiy psixik jarayon bo'lib, narsa va hodisalarning xususiyatlari fizik jarayonlarni sezgi organlariga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning xususiyatlarini alohida-alohida namoyon bo'lishi sezgi deb ataladi. Sezgi paydo bo'lishi uchun nima zarur? 1. Buning uchun biror sezgi organiga ta'sir etuvchi predmet zarur. 2. Sezuvchi apparat zarur. Aks etish xususiyatiga va retseptorlarining joylashgan o'rniga qarab sezgilar odatda 3-guruhga ajratiladi. 1. tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo'lgan ektserotseptiv sezgilar. 2. Tananing ichki a'zolarida va to'qimalarida joylashgan hamda ichki a'zolarning holatini aks ettiradigan retseptoralarga ega bo'lgan interotseptiv sezgilar. 3. Retseptorlari mushaklarda va paytlarda o'rnashgan propriotseptiv sezgilar: ular gavdamizning harakati va holati haqida axborot berib turadi. Bazi sezgi turlarida adaptatsiya hodisasi mavjud bo'lib, organizmning har qanday sharoitda ham tashqi muhitning o'zgarishlariga va taassurotlariga moslashish ko'nikish imkoniyatini beradi. Sezgilar doimo ta'sirning kuchiga bog'liq bo'ladi, shuning uchun sezgilar malum chegara ichida hosil bo'ladi. Sezgilar doimo bir-biriga ta'sir etadi va o'zaro munosabatda bo'ladi. Analizatorning sezgilari insonning mehnat faoliyati jarayonida shakllanadi va takomillashadi. Sezgining paydo bo'lish sxemasini quyidagicha ko'rsatish mumkin: Fiziologik jarayon Fizik jarayon (qo'zg'alish) Psixik Jarayon - tashqi Markazga qo'zg'alish intiluvchi energiyasini nervlar ongning Markazdan masulligiga qochuvchi aylanadi nervlar Qayta aloqa kanali Sezgi jarayoni obyektiv olamni to'g'ri aks etishini taminlovchi tashqi qo'zg'atuvchilarni tanlash va energiyani qayta ishlovchi sensor harakatlar tizimidan iboratdir. Sezgilarni o'ta miqdorda ko'pligi, hamda tashqi olam energiyasini ong hodisasiga aylanishi haqida aniq fikrlarni I.M.Sechenov bergan. Agar insonni uyg'oq vaqtini o'rta hisobda 12 soat deb olinadigan bo'lsa va har bir faza bo'yicha o'rta sonni oladigan bo'lsak, ko'rish sezgisini 5 qismchalarga bo'lsak, ko'z orqali 8 ming sezgi, quloqdan undan kam emas, muskullar harakatida esa undan ham sezgi yuzaga kelar ekan. Bir haftada u 56 ming, 1 oyda 204 mingni, 1 yilda 2 millionga yoqin sezgi hosil bo'ladi. Idrokda esa doimo idrok etuvchi shaxsning xislatlari uning idrok etayotgan narsalariga munosabati, kishining ehtiyojlari, qiziqishlari, intilishlari, itsaklari va his - tuyg'ulari u yoki bu tarzda aks etadi. Idrok - bu narsa va hodisalarni bizni sezgi organlarimizga ta'sir etishi asosida ularni yaxlit ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
48.47 KB
Ko'rishlar soni
523 marta
Ko'chirishlar soni
63 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
48.47 KB
Ko'rishlar soni
523 marta
Ko'chirishlar soni
63 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:13 ]
Arxiv ichida: docx