Tafakkur turlari Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari, xatti-harakat motivlari, narsalarga qiziqishlari, intilishlari, mayllari, aqliy qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turli-tumandir. Xuddi ana shu boisdan, ularning tafakkuri ham har xil holatlarda, vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo'ladi. Bundan oldingi boblarda takidlab o'tkanimizdek, bilish protsessida, amaliy va nazariy vazifalarni hal etishda, o'zga kishilarning nutq orqali ifodalangan fikrlarini uqib olishda muomalaga kirishishda, fikrlarini tushunib olishda inson fikr yuritadi. Psixolgiya fanida tafakkur formasiga, topshiriq xarakteriga, fikr yoyiqligiga, fikran originallik darajasiga qarab quyidagicha shartli klassifikatsiya qilinadi. ko'rgazmali amaliy konkret reproduktiv harakat nazariy astraket produktiv ko'rgazmali ixtiyorsiz realistik (ijodiy) obrazli ixtiyoriy autistik vizual so'z-mantiq intuktiv fazoviy diskursiv dialektik Ko'rgazmali-harakat tafakkuri Tarixiy taraqqiyot bosqichida odamlar ijtimoiy turmushda voqe bo'lgan problemalarning aksariyati amaliy yo'l bilan hal qilingan, shuningdek ularga nisbatan munosabat ham amaliy faoliyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan. Narsa va hodisalar yuzasidan nazariy fikr bildirish esa tarixiy taraqqiyotning bir muncha keyingi davriga to'g'ri keladi. Yer yuzasida fanlarning kelib chiqishi haqidagi bizgacha etib kelgan ma'lumotlar mazkur mulohazamizga dalil bo'la oladi. Qadimgi avlod va ajdodlarimizda yer maydonini qadam bilan o'lchash, ko'z bilan chamalash bo'yicha amaliy bilimlarning to'planishi natijasida geometriya fani kashf qilingan. Kishilarning barmoq bilan hisoblash turmush talabini qondira olmagandan so'ng-matematika, narsa va hodisalarning tasviri, shartli belgilarni qoldirilishi yakuni sifatida tarix fani kabilar vujudga kelgan. Yer yuzasida amaliy bilimlar to'planishi asosida asta-sekin nazariy umumlashmalar barpo bo'la boshlagan, turli sohaga taalluqli informatsiyalarning sistemalashishi natijasida fanlar hosil bo'lgan. Shuning uchun insonningamaliy va nazariy faoliyati o'zaro uzviy aloqada bo'lib, hamisha biri-ikkinchisini taqozo etadi. Genetik kelib chiqishi nuqtai nazaridan amaliy faoliyat birlamchi hisoblanib, obrazlar tasavvurlar va fikrlarni aks ettiruvchi nazariy faoliyat esa amaliy faoliyatning malum taraqqiyot cho'qqisiga chiqqandan so'ng ajralib chiqqan. Mazkur protsess bir necha o'ng ming yo'llar davomida yuzaga kelgan. Agarda insoniyatning tarixiy taraqqiyoti problemasidan chetlanib, ushbu masalani olib qarasak, u holda amaliy faoliyat birlamchi ekanligiga qanoat hosil qilamiz. Buning uchun insonning ontogenetik taraqqiyotini dastlabki fazasiga murojaat qilamiz. Bola tug'ilishidan tortib, to uning bog'cha yoshigacha bo'lgan davrni amaliy faoliyatda ko'rgazmali-harakat tafakkur o'sishining asosiy pallasi deb atash mumkin. Mazkur yoshdagi inson zoti ana shu amaliy faoliyat qobig'ida aqliy harakatlarni amalga oshiradi, amaliy bilimlarni o'zlashtiradi, natijada ko'rgazmali-harakat tafakkur o'sa boradi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar o'zlari o'ynayotgan narsalar, o'yinchoqlarni qo'llari bilan bevosita ushlab ko'rish orqali ular bilan tanishadilar, shuning bilan birga ularni idrok qilishga intiladilar. Idrok qilgan predmetlar va o'yinchoqlarni o'zaro solishtiradilar, qismlarga ajratadilar, analiz va sintez qiladilar, bo'laklarga ajratilganlarni yaxlit holga keltirib birlashtiradilar. Kattalar tushuntirishiga ishonch hosil qilmasdan, ayni choqda ularni obyektlarni sindirib ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
79.7 KB
Ko'rishlar soni
294 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
79.7 KB
Ko'rishlar soni
294 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:13 ]
Arxiv ichida: docx