Temperament haqida umumiy tushuncha RYeJA: Temperament haqida umumiy tushuncha. Temperament masalasini o'rganish tarixi haqida. Oliy nerv faoliyati tiplari. Temperament turlari. Mehnat va o'quv faoliyatida temperamentning roli. 1. Shaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug'ma, biologik xususiyatlariga alohida etibor beriladi. Chunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo'lsa, ikkinchi tomondan - biologik yaxlitlik, tug'ma sifatlarni o'z ichiga olgan subtsrat - individ hamdir. Temperament va layoqatlar indivining dinamik-o'zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini taminlovchi sifatlarini o'z ichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo'ladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o'ziga xosligi shundaki ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emotsional holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reaksiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta'minlaydi va shu nuqtai nazardan qaraganda temperament - shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o'zgaruvchan) va emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir. Temperament - (yunoncha. Temperamentum - sifatlar munosabatlarni aralashtiraman) - inson psixik faoliyatining dinamik xususiyatlari, jumladan temni, tezligi, ritmi, intensivligi jihatidagi xarakteristikasidir. Temperament sifatlari, bu shunday psixikaning individual sifatiki, ular psixik faoliyatining oqimini ifodalaydilar. Psixologik jihatdan temperament emotsional qo'zg'aluvchanlikdagi tezligi, kuchi va barqarorligida namoyon bo'ladi. Ular turli mazmunda vaziyatga qaramay, nisbatan o'zgarmas doimiy bo'lib, ular temperament turini ifodalovchi motiv va faoliyat maqsadlarida mavjud bo'ladi. Yuqorida aytilganlardan shu narsa ayon bo'ladiki, emotsional quzg'aluvchanlik turli odamlarda qo'zg'alish kuchi, tezligi va barqarorligiga ko'ra turlicha bo'ladi. Shunday odamlar borki, ularda qo'zg'alish tez yuzaga keladi, kuchli va barqaror bo'ladi. Va unga teskari qo'zg'aluvchanlika ega bo'lgan kishilar ham bor. Bu holatlar ayniqsa, his-tuyg'ular yuzaga kelayotgan ixtiyorsiz holatlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Tashqi jihatdan qo'zg'aluvchanlik yuz tuzilishi, mimika, pantomimika, turli xatti-harakatlarda namoyon bo'ladi. Bu holatlar diqqat, iroda, nutq tezligida ham o'z ifodasini topadi. Temperament inson psixikasining individual xususiyatlaridan biri bo'lib inson psixik faoliyatining o'tishini yani dinamikasini belgilab beradi. Ammo psixik faoliyat dinamikasi faqat temperamentga bog'liq bo'lmay, psixik faoliyat dinamikasi, shuning bilan birga, motivlarga va psixik holatlarga ham bog'liqdir. Temperamentning xususiyatlari deganda bir inson psixik faoliyati dinamikasining bog'lovchi psixikasining barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda motivlarda va maqsadlarga nisbatan o'zgarmaydi hamda tamperament tipining xarakterlovchi strukturasini hosil qiladi. Demak, psixikaning individual jihatdan o'ziga xos, tabiiy jihatdan shartlashgan dinamik ko'rinishlari majmui kishining temperamenti deb ataladi. 2. Temperament haqida ta'limot ilk bora yunon tabibi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-356 yillar) tomonidan yaratilgan bo'lib, uning ta'limotiga asosan «temperament» tushunchasi paydo bo'ladi va temperament turlarining nomlari saqlanib qoldi. Bu qadimiy gumoral (subqlikka asoslangan) nazariya bo'lib, u temperament xususiyatlarini organizmdagi suyuqliklar bilan bog'laydi. Gippokrat fikricha inson ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.79 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.79 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:13 ]
Arxiv ichida: docx