O'zini o'zi anglash Hozirgi zamon psixologiya fanining metodologik va nazariy muammolari qatorida qo'llaniladigan asosiy kategoriyalar, tushunchalar, ta'riflarga aniqliklar kiritishdan, tezaurus, kontekst nuqtai nazaridan ularni talqin qilishdan iboratdir. Ushbu mulohazalar mohiyatini o'zini o'zi anglash, axloq, ma'naviyat, taraqqiyot, dinamika va shaxsga oid tushunchalar to'g'risidagi qarashlar tashkil etadi. Mazkur tushunchalar o'zaro ierarxik tuzilmaga ega bo'lib, biri ikkinchisini taqozo etadi va o'ziga xos muayyan tizimni vujudga keltiradi, majmuaning markazida esa inson (shaxs, subyekt, komil inson) turadi. Shu fikrni alohida takidlab o'tish joizki, psixologiya fanida axloqiy o'zini o'zi anglash ruhiy jarayon, hodisa, voqelik, xususiyat sifatida alohida o'rganilmaganligi tufayli uni tahlil qilish o'zini o'zi anglash, axloq, milliy xarakter, ma'naviyat, qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog'liq ravishda amalga oshiriladi. Bizningcha, ajratib ko'rsatilgan kategoriyalar, tushunchalarni o'ziga xos tarzda yoritish psixologiyani asosiy va ustuvor atamasi sanalmish shaxsni yaqqol anglash imkoniyatini yaratadi, axloqiy o'zini o'zi anglashning ijtimoiy-psixologik voqelik tariqasida aniq namoyon bo'lishini o'rganishni kafolatlaydi. Axloqiy o'zini o'zi anglash «o'zini o'zi anglash» ning xususiy (alohida) ko'rinishi, jabhasi bo'lganligi tufayli uning ruhiy tuzilishi, tabiati, o'ziga xosligi, tarkib topishi, rivojlanishi va takomillashuvi, obyektiv, subyektiv, ichki hamda tashqi shart-sharoitlari, eng avvalo, o'zini o'zi anglash jarayonining ichki xususiyatlariga ko'p jihatdan bog'liq. Psixologiya fanida uning nazariy, amaliy va tatbiqiy tomonlari muayyan darajada o'rganilgan, hozir ham izlanishlar davom ettirilmoqda, chunonchi L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.S.Merlin, A.N.Leontev, L.I.Bojovich, A.G.Spirkin, Ye.V.Shoroxova, I.I.Chesnakova, P.R.Chamata, K.A.Abulxanova-Slavskaya, V.V.Stolin, E..oziev, B.T.affarov va boshqalar. Hozirgi zamon psixologiya fanida o'zini o'zi anglashning tabiatini tushuntirishda, talqin qilishda ikki xil qarash, yondashish mavjud bo'lib, ular bir-biridan keskin darajada tafovutlanib turadi. Birinchi yondashishga qaraganda, o'zini o'zi anglash-bu o'z yo'nalishini o'zgartirgan ongning aynan o'zidir, xuddi shu bois u inson ongining maxsus ko'rinishi demakdir. Ushbu talqin sobiq sovet psixologiyasida keng tarqalgan nazariya bo'lib L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, Ye.V.Shoroxova, I.I.Chesnakova, V.V.Stolin va ularning shogirdlari tomonidan ilmiy amaliy jihatdan tadqiq qilib kelinmoqda. Bu sohadagi ikkinchi mulohaza S.L.Rubinshteynning ilmiy ishlarida o'z ifodasini topgan bo'lib, keyingi davrlarda uning shogirdi K.A.Abulxanova-Slavskaya tomonidan o'tkazilgan izlanishlarda izchil ravishda rivojlantirilmoqda. Uning fikriga binoan, ong va o'zini o'zi anglash jismoniy real hamda yuridik shaxsga taalluqli xususiyatlardan iborat bo'lib, ular uning hayoti va faoliyatini vosita yoki «qurol» sifatida ta'minlab turuvchi ruhiy jarayondir. Bizningcha, ikkinchi yondashish o'zini o'zi anglashning tabiati yuzasidan to'g'ri (adektiv) ma'lumot berish imkoniyatiga ega, binobarin, metodologik nuqtai nazardan uni ilmiy-nazariy va amaliy-tatbiqiy jihatdan tadqiqot qilish yuksak ko'rsatkichlar berish mumkin. Yuqoridagi o'zini o'zi anglashning ruhiy tabiati haqidagi ikki xil munosabatning mavjudligi- uning paydo bo'lishi sabablarini, yo'nalish obyektini, tadqiqot predmetini turlicha yoritilishga olib keladi. Birinchi yondashashga ko'ra, o'zini o'zi anglashni vujudga kelishining bosh sababi-inson bilan ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
49.95 KB
Ko'rishlar soni
297 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
49.95 KB
Ko'rishlar soni
297 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: docx