Xarakter haqida umumiy tushuncha RYeJA: 1. Xarakter haqida tushuncha. 2. Xarakterning tuzilishi. 3. Xarakterning murakkabligi. 4. Xarakter aktsentuatsiyasi va psixokarrektsiyasi. 1. Xarakter - shaxsning barqaror individual xususiyatlari yig'indisi bo'lib, u faoliyat va muloqotda yuzaga keladi hamda shaxsga xos xulq-atvor usullarini namoyon qiladi. «Xarakter» fanga ilk bora qadimiy yunon olimi va faylasuf Teofrats tomonidan kiritilgan. «Xarakter» so'zi yunoncha «chiziq», «belgi», «sifat», «xususiyat» mnosini bildiradi. Bu so'z «xarosso» felidan kelib chiqib, uni ushlamoq, chizmoq, qiqmoq deb tarjima qilish mumkin. Hayotiy tajriba asosida xarakter tushunchasini ikki mazmunda tushunish mumkin: keng yoki umumiy maxsus o'ziga xos manoda. Keng yoki umumiy manoda inson xarakteri deganda uning xatti-harakati va xulq-atvoriga ta'sir etuvchi individual yoqqol namoyon bo'lgan va sifat jihatidan turlicha bo'lgan belgilar tushuniladi. Tor yoki maxsus manoda olingan xarakter degan shaxsning psixik tuzilishi nazarda tutilib, u insonning irodasi va yo'nalganligida namoyon bo'ladi. Yo'nalganlik bu insonning xarakterli xususiyati bo'lib, faoliyatiga ta'sir etadi. Borliqqa nisbatan tanlangan munosabatida aks etadi. O'ziga xos psixologik tuzilishining inson harakatda tarkib toptiradi va bu esa o'z o'rnida insondan irodali kuch talab etiladi. Kishi jamiyatda yashab, biror faoliyat bilan shug'ullanar ekan o'zini shaxs sifatida namoyon qiladi, odamlarga o'z ishiga va o'ziga bo'lgan munosabatini ifodalaydi. Bazan ana shu munosabatning ko'rinishlari odamdan tashqari, tasoddifiy xarakterga ega bo'lishi mumkin. Masalan, maktab o'quvchisining o'z o'rtoqlari uchun kutilmaganda arzimagan narsadan jahli chiqib ketishi mumkin. O'rtoqlari uning bu xulqidan taajublanadilar, chunki odatda bu bola yuvvosh, xushmuomula edi. Uning uchun qo'pollik tipik hodisa emas edi. Boshqa bir o'quvchi ko'pincha atrofdagilar bilan keskin va qo'pol muomulada bo'ladi. Bu narsa buning uchun tipik bo'lgan barqaror, bir necha marta takrorlangan xususiyat bo'lib, bu uni shaxs sifatida xarakterlab beradi. Shuning uchun ham mazkur xususiyatni uning xarakteriga xos bo'lgan xususiyatlaridan biri deb hisoblash mumkin. Jamiyat azosi bo'lgan kishining voqelikka bo'lgan munosabatida vujudga keladigan va uning xulq - atvori hamda xatti - harakatlarida ta'sir qoldiradigan, muhim barqaror psixik xususiyatlarning majmui - xarakter deyiladi. Bazan xarakter degan so'z bilan, iroda degan so'zning qatiylikni yani boshqa kishilar bilan muomila qiladigan keskinlikni ifodalaydilar. Aksincha irodasi zaif kishini xaraktersiz kishi deb hisoblaydi. Lekin bu fikr noto'g'ridir. Xaraktersiz kishi deb hisoblangan kishida ham xarakter bor. Xarakterdagi ko'p narsa kishining dunyo qarashiga, uning e'tiqodiga va ideallariga, ijtioiy ahvoliga, atrofdagi muhitning ta'siriga bog'liq bo'ladi. Xarakter shaxsning individual xususiyatidir. 2. Inson xarakteri tizimini o'rganishning asosiy vazifasi xarakter xususiyatlarini malum tizimga solish va ular orasidagi bog'liqlikni aniqlashdir. Xarakter xususiyatlari bu shunday individual xususiyatlarki, ular insonning malum vaziyatdagi xulq-atvorini ko'ra olish, aniqlashga yordam beradi. Insonni borliqqa bo'lgan ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
53.71 KB
Ko'rishlar soni
298 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
53.71 KB
Ko'rishlar soni
298 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:13 ]
Arxiv ichida: docx