Shaxs ijtimoiylashuvi

Shaxs ijtimoiylashuvi

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxs ijtimoiylashuvi - rasmi

Material tavsifi

Shaxs ijtimoiylashuvi Har birimizning jamiyatdagi o'rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo'lgani, jamiyatga qo'shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi. Demak, sotsializaqiya yoki ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o'zlashtirish jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv - har bir shaxsning jamiyatga qo'shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta'sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni ko'rsatishi va kerak bo'lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o'z navbatida o'zgalarga ta'sirini o'tkaza olishi jarayonidir. Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o'rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga ko'rsatilayotgan ta'sir oddiy, mexanik tarzda o'zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan turlicha subyektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta'sirlar odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, 10 - 15 ta o'quvchidan iborat akademik litsey o'quvchilarini olaylik. Ularning bilimni, ilmni idrok qilishlari, ulardan ota - onalarining kutishlari, o'qituvchilarning berayotgan darslari va unda etkazilayotgan ma'lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir xilday. Lekin baribir ana shu 15 o'quvchining har biri shu ta'sirlarni o'zicha, o'ziga xos tarzda qabul qiladi va bu ularning ishdagi yutuqlari, o'quv ko'rsatgichlari va iqtidorida aks etadi. Bu o'sha biz yuqorida takidlagan ijtimoiylashuv va individualizatsiya jarayonlarining o'zaro bog'liq va o'zaro qarama - qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi. Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro'y beradigan shart - sharoitlarini ijtimoiy institutlar deb ataymiz. Bunday institutlarga oiladan boshlab, mahalla, rasmiy davlat muassasalari (boqcha, maktab, maxsus ta'lim o'choqlari, oliygohlar, mehnat jamoalari) hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi. Bu institutlar orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o'ziga xosdir. Insondagi dastlabki ijtimoiy tajriba va ijtimoiy xulq elementlari aynan oilada, oilaviy munosabatlar tizimida shakllanadi. Shuning uchun ham xalqimizda «qush uyasida ko'rganini qiladi» degan maqol bor. Yani, shaxs sifatlarining dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu qolip jamiyatdagi boshqa guruhlar ta'sirida sayqal topib, takomillashib boradi. Bizning o'zbekchilik sharoitimizda oila bilan bir qatorda mahalla ham muhim tarbiyalovchi - ijtimoiylashtiruvchi rol o'ynaydi. Shuning uchun bo'lsa kerak, bazan odamning qaysi mahalladan ekanligini surishtirib, keyin xulosa chiqarishadi, yani mahalla bilan mahallaning ham farqi bo'lib, bu farq odamlar psixologiyasida o'z aksini topadi. Masalan, bitta mahalladan yaxshi kelin chiqsa, aynan shu mahalladan qiz qidirib qolishadi. Yani, shu mahalladagi ijtimoiy muhit qizlarning iboli, aqlli, sarishtali bo'lib etishishlariga ko'maklashgan. Masalan, ayrim mahallalarda sahar turib ko'cha - eshiklarni supurish odatga aylangan va barcha oilalar shu udumni buzmaydilar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 46.34 KB
Ko'rishlar soni 333 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 46.34 KB
Ko'rishlar soni 333 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga