Shaxs psixologiyasi xaqida

Shaxs psixologiyasi xaqida

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxs psixologiyasi xaqida - rasmi

Material tavsifi

Shaxs psixologiyasi haqida RYeJA: 1. Psixologiyada shaxs tushunchasi 2. Shaxsning tuzilishi, tarkib topishi 3. Shaxs faoliyatining yo'nalishi 4. Shaxsni shakllanishida o'z-o'ziga baho berish. 5. Shaxs taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar 6. O'quvchi shaxsni o'rganish metodlari 1. Insonning shaxs sifatida tarkib topishi, unga ta'sir etuvchi omillar, uning mexanizmlari haqida psixologiya fani aniq ma'lumotlarga ega. Jamiyat taraqqiyotida bosh omil hisoblanuvchi, shu jamiyatning rivojlantiruvchisi bo'lib hisoblanuvchi inson odam sifatida dunyoga keladi. Uning shakllanishi o'ziga xos xususiyatlari u yashab turgan jamiyatda tarbiyalanadi, yuz beradi. Odam insoniyat vakili sifatida baholanuvchi termin bilan xarakterlanadi. Hamma odamlar, u yangi tug'ilgan yoki katta, sog'lom yoki kasal bulsa ham, uning sifatlari va xususiyatlaridan qatiy nazar individ deb ataladi. Individ tushunchasida odamning nasl-nasabi mujassamlashgandir. Demak, individ qachonki, ongli ravishda va maqsad sari malum bir faoliyatda atrof-muhitni anglasa va yaratuvchanlik hissasini qo'shsa, uni subyekt deb atash mumkin bo'ladi. Ammo ayrim faoliyatda ishtirok etuvchi individ hamma vaqt shu faoliyatning subyekti bo'la olmaydi, chunki har doim ham individ bajarayotgan xatti-harakatini anglamaydi va ularni maqsadga qaratilgan holda amalga oshirmasligi mumkin. Har bir individ takrorlanmas sotsial fazilatlarini o'zida mujassamlashtirgandagina u shaxs bo'lib etishadi. Shaxs bu - ongga ega bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyada yashab ongli faoliyat bilan shug'illanuvchi odam individdir. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosobat jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta'sir o'tkazish darajasi va sifatli belgilaydigan sistemali tarzdagi sotsial fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda etiladi. Shaxs va individ tushunchalari haqida etakchi rus psixologlari B.G.an'anaev, A.N.Leontev, B.F.Lomov, S.Ya.Rubinshteyn kabilar o'z tadqiqotlarida alohida to'xtalganlar. A.N.Leontev shaxsan individ tomonidan egallab olingan alohida fazilat, inson munosabatlari to'lqinidagi sistemali g'ayrihissiy fazilatlar egasi ekanligini takidlagan. Shaxs sifatida kamolga erishmagan individ bo'ladi. Bunga hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalarni misol qilishimiz mumkin. Ammo individni shaxsga aylanishida qanday omillar mavjud. Rus psixologi S.L.Rubinshteyn: odam o'zidagi takrorlanmas xususiyatlariga ko'ra individualdir. Uni o'z atrofidagilariga, borliqqa bo'lgan ongli munosabati, biror faoliyat bilan shug'illanishi uning shaxs ekanligidan dalolat beradi. Individ bo'lib tug'ilgan insonni shaxsga aylanishi uchun nimalar zarur? Ijtimoiylik Ongga ega bo'lish faollik 4) insonni falollikga undovchi narsa ehtiyojdir. Shaxs tushunchasiga psixolog olimlar tomonidan berilgan qator ( yaqin) tavsiflar mavjud. Shulardan quyidagilarni keltiramiz: «Shaxs - ijtimoiy munosabatlarning subyekti va obyektidir» (A.G.Kovalyov). «Shaxs individlararo munosabatlarning subyekti sifatida» (A.V.Petrovskiy) «Shaxs - jamiyatda o'z o'rnini anglovchi faoliyatga qodir azosidir» (K.K.Platonov) «Shaxs faoliyat subyektidir» (A.N. Leontev) Juda ko'plab ta'rif va tushunchalar orasida Amerikalik psixolog G. Ollportning ta'rifi etiborga loyiqdir: «Shaxs bu hayot jarayonida shakllanuvchi individual o'ziga xos psixofiziologik tizimlar shaxs xususiyatlari yig'indisi bo'lib, u asosida ushbu insonga xos tafakkur va xulq - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 58.11 KB
Ko'rishlar soni 227 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 58.11 KB
Ko'rishlar soni 227 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga