Ekstrovert va introvert toifali shaxslar

Ekstrovert va introvert toifali shaxslar

O'quvchilarga / Psixologiya
Ekstrovert va introvert toifali shaxslar - rasmi

Material tavsifi

Ekstrovert va introvert toifali shaxslar Bu tiplar muloqotga kirisha olish qobiliyatiga ko'ra farqlanadi. Masalan, ekstrovert - o'ta muloqotga kirishuvchan, o'zini odamlar guruhisiz tasavvur qila olmaydigan shaxsdir. Uning uchun muloqot haqiqiy ehtiyojidir, boshqalarning uni tushunish-tushunmasliklaridan qati nazar, u doimo o'z fikr-istaklarini o'rtoqlashgisi keladi. Ekstrovert uchun konkret kim bilandir muloqotda bo'lish emas, umuman kim bilan bo'lsa ham muloqotda bo'lish xohishi muhim. Shuning uchun ham u umuman begona odam bilan gaplashib, kirishib keta oladi. Gaplashgisi kelmagan begonaning psixologiyasini tushunishi qiyin (Qanday qilib gaplashishni xohlamaslik mumkin?, - deb uylaydi u). Ekstrovertning qiziqishlari ham tez-tez o'zgarib turadi, do'stlari, o'rtoqlarini ham almashtirib turishga intiladi. Bundan tashqari, u o'ta kirishuvchan bo'lganligi uchun ham har qanday sharoitda vaziyatdan chiqish usullari to'g'risida tez xulosaga keladi, o'ta qiziquvchan, dunyoda bo'layotgan hodisalar, ''mish-mishlarni bilish uning uchun zarur. Ekstrovert kek saqlamaydi, bugun urushgan odami bilan ertaga hech narsa bo'lmaganday apoq-chapoq bo'lib ketishi mumkin. Introvert esa ekstrovertning teskarisi. U ko'proq ichki dialog formasidagi muloqotni afzal ko'radi, yani yolg'izlikda mulohaza yuritish, o'zi haqida o'ylash va shunga o'xshaganlar uning uchun asosiy ishdir. Shuning uchun ham unda muloqotga ustanovka juda sust, odamlarning uni tushunmay qolishlaridan doimo havotirda bo'ladi. Introvert kitoblar olami, falsafiy fikrlashlar qulidir, chunki u odamlar guruhida sodir bo'lib turadigan ziddiyatlardan cho'chiydi, o'zini olib qochadi. Agar muloqotda bo'ladigan bo'lsa, 2-3 kishidan ortiq bo'lmagan guruhni afzal ko'radi. Shunda ham har kuni emas, bazan-bazan uchrashib turish, gaplashganda ham ''shaxsiy mavzularda emas, umumiy gaplar haqida suhbatlashishni yaxshi ko'radi. Chunki u ekstrovertdan farq qilib, o'z ''Menining boshqalarga o'xshamasligini doimo esda tutadi. Introvert doimiy standartlar, belgilangan normalar olamida yashaydi, qiziqqan narsasi bilan umrini oxirigacha bo'lsa ham shug'ullanishga tayyor, umr yo'ldoshiga sodiq, vafodor. Do'stlarga ham xuddi shunday. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 41.63 KB
Ko'rishlar soni 273 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 41.63 KB
Ko'rishlar soni 273 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga