Tasviriy san'at o'qitish metodikasi fani, uning maqsad va vazifalari Reja: 1. Kurs dasturining mohiyati, mazmuni. 2. Tasviriy san'at o'qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari. 3. O'qitish metodlari (nutqiy, namoyish etish, amaliy ish). 4. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san'at fanining o'rni va maqsadi. Tayanch so'z va iboralar: Tasviriy san'at, metod, metodika, umumiy metodika, xususiy metodika, amaliy metodika, o'qitish metodlari, namoyish etish, amaliy ish, umumiy o'rta ta'lim maktablari, boshlang'ich sinflar Pedagogika fanidan shu narsa ma'lumki, «metodika» so'zi (uslub ifodasi) - ifoda etishdan olingan bo'lib, o'rgatiladigan o'quv materialani o'quvchilarga o'rgatish, o'qitish, va o'zlashtirishning nazariy va amaliy asosi - faoliyati yoki usulidir. Ya'ni «uslub» deganda tasviriy san'atda rasmi chiziladigan obyektni, naturani yoki tahlil etiladigan san'at asarini o'quvchilarga tushuntirish yoki uning nazariy va amaliy asoslarini tahlil etib berishni yoki o'rganishni yo'l-yo'riqlarini, uslublarini tushuniladi. Tasviriy san'atni o'qitish uslubiyoti kursi bo'lajak pedagoglarga maktabda tasviriy san'atni o'qitish va o'rgatishni eng oson, qisqa va ilmiy asosda bo'lishi uslubini o'rgatuvchi fandir. SHular asosida shuni aytish mumkinki, bu kurs va uning maqsadi - vazifasi bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchisiga maktab tasviriy san'atini maqsadi, vazifasi, mazmunini tushuntirib berish, uni maktab o'quvchisiga o'rgatish, o'qitish va tushuntirishni eng samarali yo'llarini ko'rsatib berishdan iborat bo'ladi. Kurs bo'lajak pedagoglarga o'quvchilar bilan ishlashni ilmiy asoslarni, nazariy va amaliy faoliyatini ko'rsatib beradi. Kursning asosiy maqsadi hozirgi zamon tasviriy san'atining qonun-qoidalari asosida uni maktab faoliyatida foydalanish va maktab tasviriy san'atini o'quvchilarga o'rgatishning eng zamonaviy, eng samarali, sinalgan uslublari bilan qurollantirish va maktab tasviriy san'ati bo'yicha tarbiyaviy va ta'limiy faoliyatini amalga oshirishni pedagogika va psixologiyaning eng so'nggi yutuqlari asosida olib borishga tayyorlashdan iboratdir. SHu maqsaddan kelib chiqqan holda kurs bo'lajak pedagoglarga: 1. Maktab tasviriy san'at o'quv predmetining maqsadi, vazifasi va mazmunini va amaliy jihatlarini tushuntirib berish; 2. Maktab tasviriy san'atini dasturi va uning mazmuni bilan qurollantirish; 3. Maktab o'quvchisi bilan ishlashning pedagogik mahorati bilan tanishtirish; 4. Maktabda o'quvchilar bilan tarbiyaviy va ta'limiy ishlarni amalga oshirishga tayyorlash; 5. Tasviriy san'atdan dars berishga tayyorlash, dars berishdagi uslub va didaktik prinsiplari bilan qurollantirish; 6. Maktabda dars berishni tarixiy taraqqiyotini yaxshi bilgan holda, hozirgi zamon dars berishni eng samarali uslub va didaktik jarayonini o'zlashtirish va ularni o'z pedagoglik faoliyatida qo'llash, uni takomillashtirib borishga o'rgatish; 7. Bo'lajak rassom-pedagogni ijodkorlik ruhida faoliyat ko'rsatishga o'rgatish kabilarni o'z oldiga bosh vazifa qilib qo'yadi. SHunga ko'ra kurs mazmuniga: Tasviriy san'atni o'qitish metodikasi tarixini, uni dastur va darsliklarini, tasviriy san'atni o'qitish jarayonida didaktik prinsiplardan va predmentlararo bog'lanishdan foydalanish, dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, o'quvchilarni fanga qiziqtirish, darslarda ...

Joylangan
16 Feb 2023 | 12:20:04
Bo'lim
Rasm va chizmachilik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
48.32 KB
Ko'rishlar soni
289 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Feb 2023 [ 12:20 ]
Bo'lim
Rasm va chizmachilik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
48.32 KB
Ko'rishlar soni
289 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:16 ]
Arxiv ichida: docx