Chet ellarda tasviriy san'atni o'qitish tarixidan

Chet ellarda tasviriy san'atni o'qitish tarixidan

O'quvchilarga / Rasm va chizmachilik
Chet ellarda tasviriy san'atni o'qitish tarixidan - rasmi

Material tavsifi

• 1.Tasviriy san'atni o'qitishga doir dastlabki ma'lumotlar va ularning xarakteri. • 2. Yevropada Uyg'onish davri rassomlarining xizmatlari. • 3. Rasm chizishga o'rgatishdagi o'ziga xos turli qarashlar.

Chet ellarda tasviriy san'atni o'qitish tarixidan REJA: 1.Tasviriy san'atni o'qitishga doir dastlabki ma'lumotlar va ularning xarakteri. 2. Yevropada Uyg'onish davri rassomlarining xizmatlari. 3. Rasm chizishga o'rgatishdagi o'ziga xos turli qarashlar. JaHonda tasviriy san'atni o'qitilishiga dastlabki Haqida ma'lumotlar etarli bo'lmasada, biroq qadimgi Misr va YUnonistonda eramizdan avvalgi 3- asrlarga doir materiallar Ham mavjud. Qadimgi Misrda tog' qoyalariga o'yib ishlangan Haykallar, shuningdek rangtasvir asarlari o'zining yuksak badiiyligi va ishlanish texnikasi jiHatidan kishilarni Hayratga solib kelmoqda. 1-rasm. SHuni aloHida qayd qilish lozimki, bunday san'at asarlari qanday shaklda bo'lishidan qat'iy nazar ularni maxsus maktablarsiz yaratib bo'lmaydi. Kishilar o'z tajribalarini keyingi avlodlarga turli yo'llar bilan ibtidoiy jamoa davridan boshlab o'tkazib kelganlar desak yanglishmagan bo'lamiz. Bunga eng qadimgi Misrda rasm chizishga o'rgatishga doir tarixiy manbalar guvoHlik beradi. Tasviriy san'atni o'qitish ishi bilan odamlar qadimdan shug'ullanib kelganliklari ko'proq qadimgi Misr manbalarida saqlanib qolgan. Misr maktablarida rasm ishlashga o'rgatish muntazam ravishda chizmachilik bilan bog'liq Holda amalga oshirilgan. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda maktabni tugallab chiHayotgan yoshlar ma'lum maydon yuzasini o'lchash va uni qog'ozga tushura oladigan, bino planini chiza oladigan, ariq va kanallarning sxemasini tasvirlay oladigan bo'lishlari talab etilgan. Rasm bolalarni yozish savodini chiqarishda Ham katta aHamiyatga ega bo'lgan. Masalan o Harfini o'rgatish uchun oyoq rasmi, q Harfini o'rgatish uchun qo'l rasmi chizdirilgan. Bolalarni rasm chizishga o'rgatishda qo'lni erkin Harakat qilishiga aloHida e'tibor berilgan. Erkin, yengil, ravon chiziqlar chizish doskada yoki papirus qog'ozlarda bajarilgan. SHuni Ham aloHida qayd qilish lozimki, bu davr maktablarida faqat bolalar o'qiganligi sababli ularga niHoyatda yuqori talablar qo'yilgan. SHuning uchun Ham talab va ko'rsatmalarga rioya qilinmaganda bolalar qattiq jazolangan, Hattoki yog'och bilan kaltaqlangan. Misr maktablarida rasm chizishga o'rgatish nazariyasi bor-yo'qligi ma'lum bo'lmasa-da, ayrim rasm chizish qoidalari qo'llanilgan. O'qituvchilar rasm chizishni (shakl, rang, o'lchov, tuzilishi v.b.) tabiatni kuzatish asosida emas, ko'proq namunadan, sxemadan ko'chirish orqali o'rgatganlar. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, Misrda rasm chizishga o'rgatish qadimgi YUnonistondan ancha avval boshlangan. Italiyalik XV asr me'mori, artisti, yozuvchisi va olimi L.B.Alberti shunday deb yozadi: Misrliklarning yozishicha, rangtasvir ishlash ularda YUnonistondan olti ming yil avval mavjud bo'lgan Rasm chizishga o'rgatish qadimgi YUnonistonda Ham o'ziga xos yo'nalishda amalga oshirilgan. Ularda rasm ishlashga o'rgatishda tabiatni, butun borliqni o'rganishga, unda go'zalliklarni idrok etishga aloHida e'tibor berilgan. Rasm ishlash uchun yog'och taxta ustiga asalari mo'mi surtilgan va uning ustini bo'yoq bilan sidirg'a bo'yalgan. Rasm ana shu yuza ustiga o'tkir metall yoki suyak bilan chizilgan. Noto'g'ri chizilgan rasm qo'l bilan ishqalanib, chiziqlar o'rni to'ldirib o'chirilgan. So'ngra tekis yuzaga yangi rasm ishlangan. Eramizdan avvalgi 432 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.28 KB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.28 KB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga