Rossiyada qalamtasvirni o'qitish metodlari

Rossiyada qalamtasvirni o'qitish metodlari

O'quvchilarga / Rasm va chizmachilik
Rossiyada qalamtasvirni o'qitish metodlari - rasmi

Material tavsifi

• Rossiya maktablarida tasviriy san'atni o'qitilishini o'ziga xos xususiyatlari. • XX asrda sobiq ittifoq maktablarida tasviriy san'atni o'qitilishi.

Rossiyada qalamtasvirni o'qitish metodlari REJA: Rossiya maktablarida tasviriy san'atni o'qitilishini o'ziga xos xususiyatlari. XX asrda sobiq ittifoq maktablarida tasviriy san'atni o'qitilishi. Rasm chizish Rossiya maktablarida umumiy ta'lim o'quv predmeti sifatida XVII asrning boshlarida paydo bo'ldi. Bu davrda rasm chizish Dengiz akademiyasi, xirurgiya maktabi, kadetlar maktabida, fanlar akademiyasi qoshidagi gimnaziyada, qizlar tarbiya bilim yurtida o'qitilgan. Bu o'quv yurtlarida rasm chizishga o'rgatish rassomlar tayyorlash uchun emas, balki yoshlarni kasbiy faoliyati va kelajak Hayotlarida foydalanishlari uchun kerak bo'ladigan soHa deb qaralar edi. 1934 yilda rus rassomi A. Sapojnikov birinchi bor umumiy ta'lim maktablari uchun Rasm chizish kursi nomli darslikni yaratdi. Mazkur darslik naturaga qarab rasm chizishga asoslangan edi. Darslik realistik rasm ishlash asosida qurilgan bo'lib, unda perspektiva, yorug'soya qonunlari Ham o'z aksini topgan edi. SHu bilan bir qatorda Sapojnikov sim, karton, gips kabi materiallardan narsalar tuzilishi, perspektiv qisqarishi, xajmiga doir metodik ko'rgazmali qurollar majmuasini Ham yaratdi. Muallifning tavsiyalariga ko'ra Har qanday natura asosiga turli Hajmli va yuzali geometrik shakllar yotishi, shuning uchun Ham rasm chizishda geometrik metoddan foydalanish maqsadga muvofiqligi bayon etilgan. Rossiyada tasviriy san'atni umumiy ta'lim maktablarida o'qitilishiga doir yirik fundamental asar yaratganlardan biri G. A. Gippius bo'ldi. Uning Ocherki teorii risovaniya kak obshego uchebnogo predmeta nomli asarida o'sha davrdagi rasm chizishga o'rgatishdagi eng ilg'or g'oyalar o'z aksini topgan edi. Rossiya maktablarida rasm chizish ommaviy tarzda o'qitila boshlangach rassom-o'qituvchilarning yetishmasligi muammosi paydo bo'ladi. Maxsus o'qituvchilar tayyorlash maqsadida 1825 yilda Moskvada Strogonov nomidagi texnikaviy rasm bilim yurtida yangi bo'lim ochilib, unda rasm o'qituvchilari tayyorlana boshladi. 1879 yildan esa Sankt-Peterburg badiiy akademiyasi qoshida rasm o'qituvchilari tayyorlovchi kurs ochildi. Bu kurslar uchun dastur, metodik materiallar tayyorlashda badiiy akademiya professori P. CHistyakov faoliyat ko'rsatdi. Bu davrda tuzilgan dastur va qo'llanmalarda A.Sapojnikovning geometrik ko'chirish metodlari amaliyotdan chiqarilib, maktabda rasm darsi faqat natural metod asosida rasm ishlashdan iborat ekanligi qayd qilindi. Mazkur dastur va qo'llanmalarda bolalar tasviriy faoliyatlariga erkinlik berish lozimligi Ham belgilab qo'yildi. Rasm chizish muammolarini Hal qilishda XIX asr boshlarida Moskva va Peterburg shaHarlarida tashkil etilgan Rasm o'qituvchilari jamiyati e'tiborga loyiq ishlarni amalga oshirdi. Bu davrda mutaxassislar orasida rasm chizishga o'rgatish masalalari katta qiziqish uyg'otgan bo'lishiga qaramasdan bu soHada qarama-qarshi g'oyalar Ham kuchaydi. Ana shundaylardan biri formalistik oqim edi. Bu oqimning vakillaridan Kershenshteyner va Dyupyui g'oyalarini Rossiyada tashviqot qilishda Bakushinskiy katta rol o'ynadi. Uning fikricha badiiy tarbiyada Maktab kerak emas, bolalarni o'qitish Ham kerak emas, ular xoxlagan ishlarini bajarsinlar, o'qituvchi faqat kuzatib turishi lozim. 1918 yilda Peterburgda nashr etilgan V.I.Beyer va A.K.Voskresenskiylarning Risovanie na nachalnoy stupeni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.08 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.08 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga