O'rta osiyo va O'zbekistonda tasviriy san'atni o'qitilishi REJA: 1.O'zbekistonda tasviriy san'atni o'qitilishiga doir dastlabki ma'lumotlar. 2. O'zbekistonda XX asr boshlarida tasviriy san'atni o'qitilishi. 3.Erkin tarbiya nazariyasining O'zbekiston maktablariga ko'rsatgan ijobiy va salbiy jiHatlari. 4. O'zbekistonda badiiy ta'limning shakllanishi. 5. O'zbekistonda badiiy tarbiya uylari va ularning ish mazmuni. 6. Ikkinchi jaHon urishi va undan keyingi yillarda badiiy ta'lim. 7. Tasviriy san'atdan o'qituvchi kadrlar tayyorlash. 8. Tasviriy san'at o'qituvchilarining o'quv-metodik majmualar bilan ta'minlash. O'zbek Halqi o'zining qadimgi tasviriy, amaliy, me'morchilik san'atlari va madaniyati bilan faxrlansa arziydi. CHunki, O'zbekiston hududida eramizdan avval Ham tasviriy san'atning rangtasvir, Haykaltoroshlik, me'morchilik turlari niHoyatda rivojlangan bo'lib, ularning namunalari Varaxsha, Afrosiob, Qalchayon, Tuproq qal'a, Bolalik tepa, Ayrtom, Dalvarzin tepa, Fayoz tepa, Qo'yqirilgan qal'a, Ajina tepa, Teshik qal'a va boshqa bir qator joylardan topilgan. YAna shuni Ham qayd qilish lozimki, bu asarlar eramizdan avvalgi 4-1- asrlarda yaratilgan bo'lib ularning yoshi 5-6 ming yilga to'g'ri keladi. Bu asarlarning badiiyligi Hozirgi zamon rassomlari va Haykaltaroshlarining asarlaridan qolishmaydi desak mubolag'a bo'lmaydi. 11-rasm. Bunday yuksak badiiy saviyadagi asarlarni o'sha davrda to'plangan ilg'or tajriba, tasviriy san'at maktablarisiz yaratish mumkin emas. Ma'lumki, san'at bir necha avlodning ko'p yillar davomida shakllangan an'analari, ustaning shogirga o'tkazgan bilimlari asosidagina taraqqiy topadi. Bu esa so'zsiz umumiy badiiy ta'lim yo'nalishida bo'lmasa Ham, kasbiy badiiy ta'lim shaklida rivojlanganligidan dalolat beradi. Ma'lum davrlarda O'zbekiston hududidagi san'at taraqqiyotida uzilishlar ro'y berganligining sabablari, Iskanadar Zulqaynar, mo'g'illar, arab, rus istilollariga borib taqaladi. Amir Temur mustaqil davlat tuzgan davrda tasviriy san'atning miniatyura turini gullab- yashnagani Ham buning yaqqol dalilidir. Amir Temur davrida miniatyura va kitob grafikasi shunchalik tez rivojlandiki, u na faqat SHarq, Hattoki Yevropamamalakatlari san'atiga Ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Natijada, Samarqand, Buxoro, Xirot miniatyura maktablari bilan bir qatorda Bag'dod, Tabriz, SHeroz, Ozarbayjon, Xind, Isfaxon, Turk miniatyura makatblari Ham shakllandi va rivojlandi. Mazkur miniatyura maktablari rassomchilikdan kasbiy ta'lim yo'nalishida rivojlangan bo'lsa-da, lekin ulardan umumiy ta'lim tizimidagi tasviriy san'atni o'qitishda bemalol foydalansa bo'ladi. Xususan, umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun tayyorlangan dasturlarda san'atshunoslik asoslari, rangtasvir va qalamtasvir ishlash, naturaga qarab tasvirlash, borliqni idrok etish bo'limlari mavjud bo'lib, kasbiy badiiy va umumiy badiiy ta'lim tizimlari o'rtasiga qat'iy chegara qo'yib bo'lmaydi. Tasviriy san'atning nazariy asoslari Hisoblangan rang, Hajm, perspektiva, kompozitsiya asoslari kabilar, Ham kasbiy, Ham umumiy ta'lim tizimida o'rganiladi. Faqat tasviriy san'atni o'qitilishida talaba va bolalarning yoshlari, idroki, psixologik xususiyatlari, tasviriy malakalari Hisobga olinishi lozim, xolos. ta'siriy san'at tarixida buyuk naqqosh va musavvir Kamoliddin BeHzodga Xirotlik Mirak naqqosh ustozlik qilgani, unga miniatyura rangtasviri sirlarini o'rgatgani Haqida ma'lumotlar bor. SHuningdek, ...

Joylangan
16 Feb 2023 | 12:23:51
Bo'lim
Rasm va chizmachilik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
40.34 KB
Ko'rishlar soni
312 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Feb 2023 [ 12:23 ]
Bo'lim
Rasm va chizmachilik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
40.34 KB
Ko'rishlar soni
312 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: docx