Mustaqillik yillaridagi tasviriy san'atni o'qitilishi

Mustaqillik yillaridagi tasviriy san'atni o'qitilishi

O'quvchilarga / Rasm va chizmachilik
Mustaqillik yillaridagi tasviriy san'atni o'qitilishi - rasmi

Material tavsifi

• 1.Tasviriy san'at ta'limi konsepsiyada o'quv predmeti oldiga qo'yilgan vazifalar. • 2. Tasviriy san'atdan davlat ta'lim standarti mazmuni. • 3. Mustaqillik yillarida yaratilgan o'quv-metodik majmualar, ularning muammolari. • 4. Mustaqillik yillarda olib borilgan dissertatsion tadqiqotlar. • 5.Tasviriy san'at o'qituvchilarini tayyorlash.

Mustaqillik yillaridagi tasviriy san'atni o'qitilishi REJA: 1.Tasviriy san'at ta'limi konsepsiyada o'quv predmeti oldiga qo'yilgan vazifalar. 2. Tasviriy san'atdan davlat ta'lim standarti mazmuni. 3. Mustaqillik yillarida yaratilgan o'quv-metodik majmualar, ularning muammolari. 4. Mustaqillik yillarda olib borilgan dissertatsion tadqiqotlar. 5.Tasviriy san'at o'qituvchilarini tayyorlash. Mustaqilikning dastlabki kunlaridan boshlab Respublikamizda xalq ta'limini tubdan isloH qilish, uni jaHonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga olib chiqish masalasi kun tartibiga qo'yildi. SHu maqsadda 1992 iyulda Ta'lim tug'risida gi qonun e'lon qilindi. Bu Hujjatda ko'rsatilgan reja va tadbirlarni amaliyotga joriy etish davlat siyosatining ustivor yo'nalishi deb qaraldi. Natijada umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi barcha o'quv fanlari qatori Umumta'lim maktablarida tasviriy san'at ta'limi konsepsiyasi Ham tayyorlandi va u O'zbekiston xalq ta'limi vazirligi kollegiyasining 5 may 1993 yilgi 5-5 sonli qarori bilan tasdiqlandi. Mazkur konsepsiyada qayd qilinganidek, uni tayyorlashda quyidagi omillar Hisobga olingan edi: -mustaqil O'zbekiston sharoitidagi o'zbek bolasini shakllantirishga bo'lgan zamonaviy talablar; -ta'lim-tarbiyani milliy madaniyat va san'at asosida amalga oshirishni kuchaytirish; -ta'lim-tarbiyani amalga oshirishda O'zbekiston SHarq mamlakati ekanligini Hisobga olish va shu asosda badiiy ta'lim mazmuniga tegishli o'zgartirishlar kiritish; -maktabdagi badiiy ta'limni amalga oshirishda bolalarni fikrlashga, ishga ijodiy munosabatda bo'lishlikni kuchaytirish, ularni yuksak did va madaniyatli qilib shakllantirishga qaratish; -maktabda bolalarni tasviriy san'atdan bilim va malakalarni puxta egallashlariga qaratish, shu asosda tabaqalashtirilgan badiiy ta'limni joriy etish; -O'zbekiston maktablarida tasviriy san'at ta'limi mazmunini dunyo standartlari darajasiga olib chiqish. Bu g'oyalar so'zsiz barkamol komil insonni shakllantirishga zamin bo'lib, unda tasviriy san'atni o'qitishning yaqin va uzoq yillarda rivojlantirishga mo'ljallangan yo'nalishlari bayon etildi. Konsepsiyadan tegishli xulosalar chiqargan Holda tasviriy san'atdan davlat ta'lim standarti va variativ dasturlarni ishlab chiqish ishlari boshlab yuborildi. Natijada 1-4-sinflar uchun 270 soatga mo'ljallangan Tasviriy san'at va badiiy meHnat, 1-7-sinflar uchun 245 soatga mo'ljallangan Tasviriy san'at dasturlari tayyorlandi. SHuningdek, 1-8 sinflar uchun mo'ljallangan 560 soatli Tasviriy san'at dasturi Ham ishlab chiqildi. Bu dasturlar ko'p nusxada nashr etilib, amaliyotga joriy etildi. YAngi dastur milliy mustaqillik mafkurasi asosida tayyorlangan bo'lib, u tasviriy san'at o'quv predmetining maqsad va vazifalari, ta'lim mazmuni, moddiy-texnikaviy asoslarda o'z ifodasini topdi. Tasviriy san'at darsliklarini yaratish bilan bir qatorda o'qituvchilar uchun o'quv-metodik adabiyotlar Ham tayyorlandi. Natijada R.Hasanov va X.Egamovlarning birinchi sinf o'qituvchilari uchun Tasviriy san'at va badiiy meHnat darslari (-Toshkent: O'qituvchi, 1997), R.Hasanovning 5-sinf o'qituvchilari uchun Tasviriy san'at darslari (-Toshkent: O'qituvchi, 1997.) nomli qo'llanmalari chop etildi. YAngi dasturlar asosida tasviriy san'at darsliklarini yaratish muammosi paydo bo'ldi. Natijada 1996-1998 yillar davomida 1-4 sinflar uchun Tasviriy san'at va badiiy meHnat darsliklari yaratildi, biroq ulardan 1998 yilda faqat birinchi sinf darsligi chop etildi, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.56 KB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.56 KB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga