Umumiy o'rta maktab va kasb-hunar kollejlarida tasviriy san'at mashg'ulotlarining mazmuni REJA: 1.Tasviriy san'at mashg'ulotlari mazmunini davlat ta'lim standarti bilan bog'liqligi. 2.Tasviriy san'at mashg'ulotlarining turlari. 3.Tasviriy san'at ashg'ulotlarining Har bir turining vazifasi va mazmuni. 4. 1-4 va 5-7 sinflarda tasviriy san'at mashg'ulotlarining o'zaro farqi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san'at o'quv predmetining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan va ta'limning davlat standartlariga asoslangan Holda ta'lim mazmuni aniqlanadi. Tasviriy san'at dasturida uning quyidagi besh turi belgilangan: 1.Borliqni idrok etish (1-4 sinflarda). 2. Badiiy qurish-yasash (1-4 sinflarda). 3. San'atshunoslik asoslari (5-7 sinflarda). 4. Naturaga qarab tasvirlash (1-7 sinflarda). 5. Kompozitsion faoliyat (1-7 sinflarda). Borliqni idrok etish o'quvchilarning estetik idroki, didi, mazkur soHaga doir tushunchalari, tasavvur va xotiralarni o'stirishda muHim rol o'ynaydi. Borliqni idrok etish mashg'ulotlari odatda mavzuli kompozitsiyalarni bajarishdan oldin o'tkazilib, unda tabiatdagi va tevarak-atrofdagi nafislik va go'zallikni ko'ra bilish, idrok etish natijasida olingan tassurotlardan amaliy badiiy-ijodiy faoliyatlarda foydalanish nazarda tutiladi. SHuningdek, tabiatga qilingan sayoHat jarayonida zarur Hollarda ayrim obyekt va Hodisalarni qalam, bo'yoq va boshqa badiiy materiallar yordamida xomaki rasmlari Ham ishlanadi. Bunday darslarda bolalar sinf va sinfdan tashqarida o'simliklar, Hayvonlar, qushlar, baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko'rinishlari, kafiyati (quvonchli, g'amgin, o'ychan va Hokazo) Haqida tasavvurga ega bo'ladilar. boshlang'ich sinflarda borliqni kuzatish va ular Haqidagi suHbatlar o'quvchilarga Hayotdagi ba'zi bir Hodisalarni kengroq bilib olishga yordam beradi. U narsalarning shakli, tuzilishi, rangi kabilarni ma'lum miqdorda taHlil qilish va umumlashtirishdek muHim sifatlarni o'stirishga Ham imkon beradi. Tabiat va borliqni kuzatish jarayonida bolalarni uni sevishga, asrashga o'rgatiladi. Tabiatga qilingan sayoHatlarda ularning ayrim jiHatlari fasllarga bog'liq Holda o'zgarib turishligi bolalarga tushuntiriladi. SHuningdek, bunda bolalarni fazoziy tasavvurlari Ham o'stiriladi va planlik, chiziqli va Havo perspektivasiga qam e'tibor beriladi. Borliqni kuzatish bevosita tasviriy ijodiy faoliyat bilan bog'liq ekanligi, borliqni bilmasdan turib sifatli tasviriy ishlarni bajarish mumkin emasligi bolalar ongigi etkaziladi. Borliqni idrok etish mashg'ulotlarini vazifalariga rioya qilgan Holda quyidagi mazmunda mashg'ulotlar o'tkazish nazarda tutiladi: 1. Kuz, qish, baHor fasllarida tabiatni o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish; 2. Gullar, Hashoratlar, dekorativ baliq va qushlarni kuzatish: 3. Tabiat mo''jizalari, baHorgi va kuzgi ishlar bilan tanishish v.b. YUqorida qayd qilinganidek, bunday mashg'ulotlardan maqsad bolalarni borliqni bilish, undagi narsa va Hodisalarni o'ziga xos xususiyatlarini, ayniqsa, tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari, o'lchov nisbatlari, fazoviy Holatlari, ularni yil fasllariga qarab o'zgarishlarini anglab etishlariga erishishdan iboratdir. O'rganish zarur bo'lgan obyektlarni naturadan kuzatishning imkon bo'lmagan taqdirda o'qituvchi darsda bolalarni san'at asarlarining reproduksiyalari, slaydlari, foto nusHalarini namoyish etish orqali o'z maqsadiga erishadi. Boshlang'ich sinf tasviriy san'at darslarida o'quvchilarning qiziqishlari va ijodkorliklarini ...

Joylangan
16 Feb 2023 | 12:26:42
Bo'lim
Rasm va chizmachilik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.77 KB
Ko'rishlar soni
170 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Feb 2023 [ 12:26 ]
Bo'lim
Rasm va chizmachilik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.77 KB
Ko'rishlar soni
170 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: docx