Tasviriy san'atni o'qitishda didaktik prinsiplar

Tasviriy san'atni o'qitishda didaktik prinsiplar

O'quvchilarga / Rasm va chizmachilik
Tasviriy san'atni o'qitishda didaktik prinsiplar - rasmi

Material tavsifi

• Didaktik prinsiplar. Didaktik prinsiplarining moHiyati. • Tasviriy san'at ta'limida qo'llaniladigan didaktik prinsiplar. • Tasviriy san'atni o'qitishdagi didaktik prinsiplarning ishlab chiqilishi. • Ta'lim va tarbiya birligi prinsipi. Ilmiylik prinsipi.Ko'rgazmalilik prinsipi.Onglilik va faollik prinsipi • Bolalar yoshiga va kuchiga moslik prinsipi. Muntazamlik va ketma-ketlik prinsipi.

Tasviriy san'atni o'qitishda didaktik printsiplar Reja: 1. Didaktik printsiplar. 2. Didaktik printsiplarining mohiyati. 3. Tasviriy san'at ta'limida qo'llaniladigan didaktik printsiplar. 4. Tasviriy san'atni o'qitishdagi didaktik printsiplarning ishlab chiqilishi. Tayanch so'z va iboralar: Tasviriy san'at o'qitish metodikasi, didaktik printsiplar, ta'lim va tarbiya birligi printsipi, ilmiylik printsipi, ko'rgazmalilik printsipi, onglilik va faollik printsipi, bolalar yoshiga va kuchiga moslik printsipi, muntazamlik va ketma-ketlik printsipi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san'at darslarini didaktik printsiplarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Faqat amaliyot bilan nazariyani uzviy bog'lagan holdagina dars va darsdan tashqari ishlarda ta'lim va tarbiyaning samarali bo'lishiga erishish mumkin. Didaktik printsiplar va ularning asosiy masalalari Yevropaning buyuk pedagog-olimlari Ya.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.G.Pestalotstsilar tomonidan ishlab chiqilgan. SHuningdek, didaktik printsiplarni ishlab chiqishda F.A.Disterveg va K.D.Ushinskiylar ham katta hissa qo'shganlar. Ular tomonidan ilgari surilgan g'oya hozirgi zamon didaktikasining asosini tashkil etadi. Didaktik printsiplar hisoblangan ta'lim va tarbiyaning birligi, ko'rgazmalilik, ilmiylik, onglilik va faollik, muntazamlik va ketma-ketlilik, ta'lim mazmunini bolalarning kuchi va yoshiga mos bo'lishi maktabda tasviriy san'atni o'qitishda alohida ahamiyat kasb etadi. Maktabda tasviriy san'atni o'qitishda didaktik printsiplar professorlar N.N.Rostovtsev, V.S.Kuzin, R.Hasanovlar tomonidan ishlab chiqilgan. Ta'lim va tarbiya birligi printsipi didaktik printsiplarning eng asosiylaridan hisoblanadi va bu tasviriy san'atni o'qitish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, bugungi kunda ta'lim-tarbiyaning asosiy qismlaridan biri o'quvchilarni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash hisoblanadi. O'.Tansiqboevning Jonajon o'lka, X.Rahmonovning May tongi, N.Karaxanning Oltin kuz, Z.Inog'omovning CHoyga, Yu.Elizarovning Natyurmot kabi asarlarida O'zbekiston ko'rk-jamoli yorqin aks ettirilgan. O'quvchilarni bunday asarlar bilan tanishtirishda bolalarda ona-Vatanimizga bo'lgan ilk muhabbat paydo bo'ladi, shu zaylda ularda ona-Vatanga, o'lkaga nisbatan mehr-muhabbat tuyg'ulari yanada kuchayadi. Tasviriy san'at darslarida millatlararo totuvlik va baynalminal tarbiyani amalga oshirish imkoniyatlari ham katta va u turli mavzularda kompozitsiya ishlash, boshqa millat va xalqlar hayotini ifodalovchi suratlarning reproduktsiyalarini, xalq ertaklariga ishlangan illyustratsiyalarni namoyish etish orqali amalga oshiriladi. Mehmonlarimiz, CHet el delegatsiyasini kutib olish, Turistlar mavzularida rasm chizdirish yuzasidan o'tkaziladigan suhbatlarda o'quvchilar ongiga millatlararo totuvlik, do'stlik tushunchalarini singdirishga harakat qilinadi. Asar mazmunini ochishga yordamlashuvchi suhbatlar, turli millat va xalqlarning qiyofalarini tasavvur etish, bolalar ijodining takomillashuviga, tasavvurlarining boyishiga olib keladi. Turli millat yozuvchilarining asarlari va xalqlarining og'zaki ijodiga xos illyustratsiyalar o'quvchilarga boshqa millatlarning hayoti, orzusi, g'oyalari bilan tanishish, sevish va tushunish imkonini beradi. Tasviriy san'at darslarida millatlararo do'stlik, totuvlik Respublikamiz va chet el rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orqali ham amalga oshirildi. Respublikamiz rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orasida o'zbek xalqining hayoti va mehnati, uning boshqa xalqlar va millatlar bilan totuvligi, ba'zi chet xalqlarining hayoti va mehnati aks ettirilgan suratlarni ko'rish mumkin. P.P.Benьkov (Dugonalar), A.Abdullaev ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.54 KB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:16 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.54 KB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga