Boshlang'ich sinflarda tasviriy san'atni o'qitish metodikasi 1. Boshlang'ich sinflarda borliqni idrok etish mashg'ulotlari metodikasining o'ziga xos xususiyatlari. 2. Boshlang'ich sinflarda badiiy-qurish yasash mashg'ulotlari metodikasining o'ziga xos xususiyatlari. 4. Boshlang'ich sinflarda o'ziga qarab haykal ishlash metodikasi. 5. Boshlang'ich sinflarda rangtasvir kompozitsiyasi mashg'ulotlari metodikasi. Reja: Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tasviriy faoliyatlarining xarakterli jihatlaridan biri ularning chizadigan rasmlarini soddalashtirishga bo'lgan xarakatlaridir. Ular ayrim narsalarning oldi ko'rinishini (uy, odam, kitob, soat, portfelь) ayrimlarini yon tomonidan (mashina, hayvonlar, qushlar, baliqlar, bayroqcha v.b.), yana boshqalarini ustki tomonidan (kapalak, barg, ninachi, qo'ng'iz v.b.) tasvirlaydilar. Bunga asosiy sabab bu yoshdagi bolalar hali narsalarni yorug'soya, perspektiv qisqarishi va ularning qoidalarini uncha tushunib yetmaganliklaridir. Boshlang'ich sinflarda tasviriy san'at darslarini o'tkazish metodikasining o'ziga xos xususiyatlari haqida to'xtaladigan bo'lsak avvalo uning quyidagi to'rt turi qayd qilinishi lozim: 1. Borliqni idrok etish mashg'ulotlari 1-4- sinf dasturida aks etgan bo'lib, uning maqsadi bolalarni o'rab olgan borliq haqida, ulardagi narsa va hodisalarning tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari, o'lchov nisbatlari haqida tasavvur hosil qilishdir. 1. Borliqni idrok etish. 2. Badiiy qurish-yasash. 3. Naturaga qarab tasvirlash (naturaga qarab rasm ishlash, naturaga qarab haykal ishlash). 4. Kompozitsion faoliyat. 2. Badiiy qurish-yasash mashg'ulotlarini boshlang'ich sinflarda o'tkazish rejalashtirilgan. Bunday mashg'ulotlarni o'tkazish uchun bolalarga turli-tuman tabiiy va badiiy materiallar zarur bo'lganligi sababli, o'qituvchi bu masalaga o'z e'tiborini ko'proq qaratishi kerak bo'ladi Qurish-yasash mashg'ulotlariga xos bo'lgan bir muhim jihat shundaki, bunda o'qituvchi va bolalar amaliy ishlarning bir vaqtni o'zida bajaradilar. Ayrim mashg'ulotlarda (ko'pincha 3-4-sinflarda) amaliy ish uchun hamma tayyorgarlik ishlari tugagani va topshiriq barcha bolalar uchun tushunarli bo'lganidan so'ng asosiy ishga o'tiladi. 3. Naturaga qarab tasvirlash boshlang'ich sinflarda yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. U bolalarga rasm va haykal ishlashning elementar qonun-qoidalarini o'rgatadi. Naturaga qarab tasvirlash ikki qismdan tashkil topadi: 1.Narsaning o'ziga qarab rasm ishlash. 2.Narsaga qarab haykal ishlash. Naturaga qarab rasm ishlash, naturani kuzatish, uning tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari, o'lchov nisbatlarini tahlil qilish, rasmlarni natura bilan solishtirish kabi metodlar asosida olib boriladi. Naturaning o'lchoviga qarab ularni chizish uchun yiriklarini sinfda 2-3 joyga, maydalarini har bir partaga bittadan qo'yib chiqish kerak bo'ladi. 4. Kompozitsion faoliyat mashg'ulotlari boshlang'ich sinflarda rang tasvir kompozitsiyasi, dekorativ kompozitsiya va haykaltaroshlik kompozitsiyasi kabi qismlardan tashkil topadi. Bu mashg'ulotlarning yana o'ziga xos jihatlaridan biri bolalarda plastilin, loy, stek bilan to'g'ri munosabatda bo'lish, loy (plastilinni) parchalarini o'zaro qo'shish orqali haykal ishlash, shuningdek, birgina yirik loy bo'lagidan ortiqcha joylarini olib tashlash orqali haykal hosil qilish metodikasini to'g'ri o'zlashtirib olishga qaratilganligidir. O'qituvchi bolalarning bilimlarini boyitish va tasavvurlarini o'stirish uchun ular ko'rgan hayvonlarini eslashni taklif etadi. O'qituvchi ...

Joylangan
16 Feb 2023 | 12:29:24
Bo'lim
Rasm va chizmachilik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
56.81 KB
Ko'rishlar soni
225 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Feb 2023 [ 12:29 ]
Bo'lim
Rasm va chizmachilik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
56.81 KB
Ko'rishlar soni
225 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:54 ]
Arxiv ichida: docx