Tasviriy san'atdan, darsdan tashqari ishlar

Tasviriy san'atdan, darsdan tashqari ishlar

O'quvchilarga / Rasm va chizmachilik
Tasviriy san'atdan, darsdan tashqari ishlar - rasmi

Material tavsifi

• 1.Umumiy o'rta ta'lim maktablarining tasviriy san'at darsliklarini o'rganish. • 2.Tasviriy san'atni o'qitish metodikasi bo'yicha referat tayyorlash. • 3.Tasviriy san'atdan namunaviy dars o'tish.

Tasviriy san'atdan, darsdan tashqari ishlar Talabalarning mustaqil amaliy ishlari. REJA: 1.Umumiy o'rta ta'lim maktablarining tasviriy san'at darsliklarini o'rganish. 2.Tasviriy san'atni o'qitish metodikasi bo'yicha referat tayyorlash. 3.Tasviriy san'atdan namunaviy dars o'tish. Tasviriy san'atni o'qitish metodikasi kursidan bajariladigan mustaqil amaliy ishlar, talabalar mazkur fan bo'yicha bilim va malakalarini mustaHkamlash bilan bir qatorda kelajakda ularni o'qituvchilik faoliyatlaridagi amaliy ishlari uchun zamin yaratadi. Talabalarning mustaqil amaliy ishlarining quyidagi turlari mavjud: -umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun yaratilgan tasviriy san'at darsliklarini o'rganish va ularni yozma ravishda taHlil qilish. -tasviriy san'atni o'qitish metodikasiga doir bironta mavzu yuzasidan referat yozish. -tasviriy san'atni o'qitish metodikasiga bironta mavzu bo'yicha auditoriyada ko'rgazmali dars o'tish. Darsliklarni o'rganish. Ma'lumki, umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun bir qator tasviriy san'at darsliklari yaratilgan bo'lib, darslar asosan ana shu darsliklar asosida tashkil etiladi. Bu fandan mashg'ulotlar olib boradigan Har bir o'qituvchi, shuningdek, talaba ana shu darsliklarning mazmuni Haqida to'liq tasavvurga ega bo'lishi lozim. Buning uchun talaba darsliklarni sinchkovlik bilan qayta-qayta o'qib o'rganishi, taHlil etishi, undagi barcha yutuq va kamchiliklarni bilib olishi zarur bo'ladi. Buning uchun avvalo darsliklar Haqida to'liq tushunchaga ega bo'lishi talab etiladi. Darsliklar quyidagi qismlardan tashkil topadi: 1.Darslik nomi. 2.Topshiriqlar yoki o'zlashtirilishi lozim bo'lgan materiallar. 3.Bilim va malakalarni o'zlashtirish, topshiriqlarni bajarish yuzasidan ko'rsatmalar. Ular matnli yoki illyustrativ tarzda bo'lishi mumkin. 4.O'tilganlarni mustaHkamlash uchun savollar va amaliy ishlar. 5.Uy topshiriqlarining mazmuni. Darsliklar asosiy, qo'shimcha va izoHli materiallardan tashkil topadi. 1.Asosiyga nazariy va amaliy materiallar kiradi. Nazariy materiallar esa asosan tasviriy, amaliy va me'morchilik san'atlarining tur va janrlari, san'at tarixi Hamda kompozitsiya, perspektiva, rangshunoslik, anatomiya, yorug'soya qonunlari va qoidalari, rassom, usta, me'morlarning Hayoti va ijodi, san'at asarlarining taHliliga doir ma'lumotlardan tashkil topadi. Amaliy xarakterdagi materiallarga naturani yoki bironta mazmunni ifodalash yo'llarini ko'rsatuvchi tasvirlar, misol va mashqlar kiradi. 2.Qo'shimcha materiallar qatoriga sinfda olingan bilim va malakalarni sinfdan tashqarida mustaHkamlash va kengaytirishga qaratilgan ma'lumotlar kiradi. Unga darsliklarning badiiy bezagi va mundarijasi Ham taaluqlidir. Ular sxemalar, diagrammalar, tablitsalar, savollar, topshiriqlar, she'rlar, ertak va Hikoyalar, chaynvord, krossvord, rebus, bolalar rasmlari bo'lishi mumkin. 3.IzoHli materiallar sharHlar, savollar, kirish so'zlar, atamalardan tashkil topadi. Ma'lumki, darsliklar matnli, va illyustrativ qismlardan tashkil topadi. Darsliklarning matn qismini adabiy tilda, ixcham, lo'nda, tushunarli, sodda bo'lishi talab etiladi. Matn qismini darslik varog'ida erkin joylashuvi va shriftlarning o'lchovi bolalar yoshini Hisobga olib tanlangan bo'lishligi lozim. Darslik illyustratsiyalari esa avvalo mashg'ulot mavzusi va mazmuni bilan bog'liq bo'lishligi, ular asar muallifi tomonidan yuksak badiiy saviyada yaratilgan bo'lishligi, ularni bolalar idrokiga mosligi, ularni ko'p Ham, kam Ham me'yorida bo'lmasligi, ularni matnli qism ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.8 KB
Ko'rishlar soni 301 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.8 KB
Ko'rishlar soni 301 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga