Tasviriy san'at o'qituvchisi, tashkilotchi, metodist va ijodkor

Tasviriy san'at o'qituvchisi, tashkilotchi, metodist va ijodkor

O'quvchilarga / Rasm va chizmachilik
Tasviriy san'at o'qituvchisi, tashkilotchi, metodist va ijodkor - rasmi

Material tavsifi

• O'qituvchilik kasbi. MaHoratli o'qituvchi bo'lish yo'llari. • O'qituvchi faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o'rni. • Ilg'or tajribaning moHiyati, undan foydalanish.O'qituvchilik kasbini boshqa kasblardan farqi. • Tasviriy san'at o'qituvchisining ma'naviy sifatlari. O'qituvchiga xos psixologik sifatlar. • Tasviriy san'at o'qituvchisining kasbiy sifatlari. MaHoratli o'qituvchining o'ziga xos sifatlari.

Tasviriy san'at o'qituvchisi, tashkilotchi, metodist va ijodkor REJA: O'qituvchilik kasbi. MaHoratli o'qituvchi bo'lish yo'llari. O'qituvchi faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o'rni. Ilg'or tajribaning moHiyati, undan foydalanish.O'qituvchilik kasbini boshqa kasblardan farqi. Tasviriy san'at o'qituvchisining ma'naviy sifatlari. O'qituvchiga xos psixologik sifatlar. Tasviriy san'at o'qituvchisining kasbiy sifatlari. MaHoratli o'qituvchining o'ziga xos sifatlari. O'qituvchi kasbi barcha kasblar orasida eng faxrlisi va moHiyati jiHatidan niHoyatda jamiyat uchun zaruri Hisoblanadi. Bu kasb jamiyat Hayoti, uning barcha jumboqlari Haqida yoshlarga, ularni butun Hayoti davomida kerak bo'ladigan bilimlarni beradi. YOsh avlodni yuksak va oliyjanob fazilatlar bilan qurollantiradi, kishilardagi nodonlik va yomon illatlar bilan kurashishga o'rgatadi. Kishilarning o'tmishdagi tarixiy tajribalarini yoshlarga o'tkazadi. Bu borada jamiyatimiz uchun vositachilik qiladi. Natijada jamiyatimiz taraqqiyoti uchun zamin yaratiladi. O'qituvchilik kasbi Hamma zamonlarda Ham mas'uliyatli va sharafli kasb ekanligi e'tirof etib kelingan. O'zbekistonning Hozirgi taraqqiyot bosqichida bu kasb yanada katta aHamiyat kasb etayapti. CHunki, o'zbek xalqi chet el bosqinchilarining ko'p yillik zulmi ostida o'zining ma'naviyati va madaniyati, an'anasi va urf-odatlarini unutayozgan edi. O'zbek xalqi oldida turgan muHim vazifalaridan biri o'z-o'zini anglash, milliy istiqlol mafkurasi asosida o'z Vatani va xalqiga sodiq bo'lgan, yangi barkamol avlodni shakllantirishdan iborat. Bu borada o'qituvchi beniHoyat katta rol o'ynaydi. Barcha mutaxassislardan farqli o'laroq o'qituvchi shunday shaxski, u moddiy boyliklar ishlab chiqarishi bilan emas, yosh avlodni ichki dunyosini, ma'naviyatini shakllantirish bilan shug'ullanadi. Bundan bu kasbni qiyin, biroq mas'uliyatli ekanligini bilib olish mumkin. Boshqa kasb mutaxassislari o'z faoliyatlarida xato qilishlari mumkin bo'lsa-da, muallim xato qilishi mumkin emas. CHunki bu xato yosh avlod kelajagini barbod qilishi yoki mamlakatda nodon kishilarning bir butun avlodini vujudga keltirishi mumkin. O'qituvchining birovlarni o'qishga majbur etib o'rgatishi Ham, o'zini-o'zi majbur etishi Ham oddiy ish emas. Hamma gap shundaki, Hamma yoshlar bir xil emas. Birovlari o'qishga o'zlari Harakat qilsalar, boshqalarni majburlash kerak bo'ladi. Ko'pchilik Hollarda bir emas, butun bir jamoani majburlash kerak bo'ladi. Bunday Hollarda yoshlarni ishga jalb etish, intizomli bo'lishga erishish ayniqsa og'ir kechadi. Maqsadga erishish uchun eng avvalo shu jamoa orasida obro' qozonmoq zarur. O'qituvchilik kasbining yana bir muHim xususiyati shundaki, u o'z tengqurlari bilan emas, boshqa yoshdagilar bilan ishlaydi. O'qituvchi bilan bolalarning Hayotiy tajribalari, bilimlari, dunyoqarashlarida ancha farq bor. Bu esa ularni bir-birlarini tez tushunib etishlariga imkon bermaydi. SHunday ekan, o'qituvchi bolalarni yoshlik xususiyatlari, dunyoqarashlari, qiziqishlari, bilim darajalarini yaxshi bilishi kerak bo'ladi. SHundagina uning ishi samarali kechishi mumkin. O'qituvchi kasbining yana bir muHim jiHati shundaki, bu kasb kishiga mamnunlik va xursandchilik keltiradi. Bu mamnunlik, unga o'z faoliyati natijalarini ko'rganida, o'z shogirdlarini turmushda, ilmu-fan va yuksak mansablarni egallaganlarida, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.92 KB
Ko'rishlar soni 196 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.92 KB
Ko'rishlar soni 196 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga