Tasviriy san'at mashg'ulotlarining zamonaviy ta'limi

Tasviriy san'at mashg'ulotlarining zamonaviy ta'limi

O'quvchilarga / Rasm va chizmachilik
Tasviriy san'at mashg'ulotlarining zamonaviy ta'limi - rasmi

Material tavsifi

• 1.O'qituvchining mustaqil ishining moHiyati. • 2. O'qituvchi mustaqil ishining yo'nalishlari. • 3. O'qituvchining ijodiy ishining xarakteri. • 4. O'qituvchi mustaqil ishida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

Tasviriy san'at mashg'ulotlarining zamonaviy ta'limi REJA: 1.O'qituvchining mustaqil ishining moHiyati. 2. O'qituvchi mustaqil ishining yo'nalishlari. 3. O'qituvchining ijodiy ishining xarakteri. 4. O'qituvchi mustaqil ishida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Hozirda ilm-fan, madaniyat va boshqa soHalarda ro'y bergan kashfiyotlar Hamda ular yuzasidan to'plangan axborotlar, umumiy o'rta ta'lim mazmuniga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Bu esa o'z o'rnida ta'lim mazmunini kengaytirish va chuqurlashtirishni taqozo etadi. Bu muammo Har bir o'qituvchidan yangi kashfiyotlar, yangiliklar, o'qitishdagi zamonaviy texnologiyalar bilan muntazam tanishib turish kerakligini talab etadi. Aks Holda, o'qituvchi zamon bilan Hamnafas ravishda o'z ishini tashkil eta olmaydi. O'qituvchi zamon talablari darajasida dars o'tishi uchun muntazam ravishda o'z malakasi va bilimlarini oshirib borishi kerak bo'ladi. Uning ikki yo'li mavjud: 1. Maxsus malakani oshirish kurslaridan o'tish. 2. O'z bilim va malakalarini mustaqil ravishda oshirib borish. Malaka oshirish kurslarida bilim olish besh yilda bir marta amalga oshirilishi sababli u o'qituvchiga davr bilan Hamnafas bo'lishiga etarlicha imkon bermaydi. Besh yil davomida ilm-fan, madaniyat va boshqa soHalar o'zgaradi, yangiliklar bilan to'lib beradi. Demak, muallim kundalik jarayon bilan tanishib borishi, o'qib, o'rganib, o'zlashtirib borishi foydadan Holi bo'lmaydi. Maktab tasviriy san'at o'qituvchisining faoliyati quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi: Tasviriy san'at nazariyasi va tarixi Mazkur yo'nalish tasviriy, amaliy va me'morchilik san'atlarining nazariy asoslari Hisoblangan kompozitsiya, rangshunoslik, yorug'soya, perspektiva qonunlarini, bu borada yaratilgan asarlarni chuqurroq o'rganishni, shuningdek, so'nggi yillarda ochilgan yangiliklar bilan muntazam tanishib borishni nazarda tutadi. Bu esa yuqorida qayd qilganimizdek, tasviriy, amaliy-bezak va me'morchilik san'atlari tarixini kengroq va chuqurroq o'rganishni talab etadi. Ayniqsa, bu borada so'nggi yillarda O'zbekiston Hududi xarobalaridan topilgan devoriy rasmlar, Haykaltaroshlik asarlari va me'morchilik obidalari katta o'rinni egallaydi. Ular orasida Ayrtom, Varaxsha, Afrosiyob, Dalvarzin tepa, Jonbos qal'a, Toxariston, Bolalik tepa, Tuproq qal'a va boshqa joylardan topilgan san'at namunalari aloHida aHamiyat kasb etadi. SHarq me'morchiligining qadimiy mashHur obidalari, Yevropava Amerika mamlakatlarining Hozirgi zamon mashHur me'morchiligini chuqur o'rganish talab etiladi. Bu esa tasviriy san'at dasturiga me'morchilikka oid mavzularni kiritilishi bilan izoHlanadi. SHuningdek, tasviriy san'at tarixiga doir materiallar qatoriga SHarq va Movarounnahr miniatyura rangtasvir maktablari Ham kiradi. O'qituvchining mustaqil ishlari jarayonida IX-XX asr me'morchiligi, ayniqsa, Temur va temuriylar davridagi me'morchilikni chuqur va atroflicha o'rganish talab etiladi. O'zbekistonda mustaqillik yillarida qurilgan me'morchilik binolari bilan o'quvchilarni tanishtirish o'z Vatani qaqidagi tasavvurlarini yanada boyitadi. O'zbekistonning mustaqillik yillarida tasviriy san'atning taraqqiyoti, O'zbekiston badiiy akademiyasini tashkil topishi, milliy rassomchilik va dizayn institutining ochilishi bu davrda iqtidorli yosh rassomlarning jaHon madaniyati va san'ati SarHadlaridan o'rin olishi Hamda bu rassomlarni yuksak badiiy saviyada yaratgan asarlarini o'rganish niHoyatda muHimdir. SHu bilan birga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.71 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.71 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga