Tasviriy san'at xonasini tashkil etish va jihozlash REJA: 1.Tasviriy san'atni o'qitishda maxsus xonani bo'lishligining zaruriyati. 2. Tasviriy san'at xonasida saqlanadigan jiHozlar va o'quv qurollari. 3. Tasviriy san'at xonasida olib boriladigan ishlar mazmuni. 4. O'qituvchilarning tasviriy san'at xonasida olib boradigan ishlaridagi kamchiliklar. 5. Tasviriy san'at xonasiga bo'lgan talablar. 6. Tasviriy san'at xonasi uchun ko'rgazmali qurollar to'plash. 7. Tasviriy san'at xonasining badiiy bezagi. 8. Tasviriy san'at xonasining ish rejasi. Hozirda tasviriy san'at darslarini davlat ta'lim standartlari talablari darajasida o'tkazish uchun uning moddiy texnikaviy asoslarini yaratish zarur. CHunki, tasviriy san'at darslarida texnika vositalari, ko'rgazmali va metodik materiallar shunchalik ko'p ishlatiladiki, ularni maxsus xonalarsiz to'plab bo'lmaydi. Tasviriy san'atdan olib boriladigan ishlarning Hajmi va turlari Ham xilma-xildir. Maxsus xonaning zaruriyati quyidagilar bilan izoHlanadi: - tasviriy san'at va chizmachilik darslarini yuksak metodik saviyada olib borish: - tasviriy va amaliy san'atdan to'garak ishlarini o'tkazish; - tasviriy va amaliy san'atdan sinfdan tashqari ishlarni (uchrashuv, tanlov, ko'rgazma, suHbat, munozara, kecha v.b.) tashkil etish; - o'quvchilarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini o'tkazish; - jamoa bo'lib televideniye orqali beriladigan maxsus ko'rsatuvlarni tomosha va munozara qilish v.b. Ayniqsa, san'at asarlarini perspektiva, rangshunoslik, yorug'soya qonunlarini, rassomlarning Hayoti va ijodini o'rganishda tasviriy san'at xonasining aHamiyati beqiyosdir. Tasviriy san'atdan ko'rgazmali qurollar Hisoblangan gipsli geometrik shakllar, gipsli rozetkalar, uy-ro'zg'or buyumlari (lagan, choynak, piyola, guldon, kapkir, bidon, qumg'on, patnis, sabzi taxta v.b.) musiqa asboblari (rubob, dutor, nay, childirma, surnay, skripka, v.b.) meva va sabzavotlar (olma, nok, beHi, qovun, tarvuz, qovoq, sabzi, piyoz, baqlajon, uzum, anor, v.b.)ning modellari, qush va Hayvonlarning (quyon, chumchuq, qaldirg'och, kabutar, qarg'a, bulbul, sa'va, to'ti, tipratikon, laylak, turna v.b.) tulumlarini saqlash va ulardan foydalanish uchun maxsus xona talab etiladi. 55-rasm. Tasviriy san'atdan o'zbek va chet el rassomlari, xalq amaliy san'ati va me'morchilik asarlarining reproduksiyalari, rangshunoslik, yorug'-soya va perspektiva qonunlariga oid chizish va bo'yash usullarini ko'rsatuvchi jadvallar borki, ulardan unumli foydalanish ko'p jiHatdan maxsus xonaga bog'liqdir. Ma'lumki, tasviriy san'at mashg'ulotlarini dastur talablari darajasida o'tkazish, rasm chizish uchun molbert yoki moslamali parta, natura qo'yish uchun taglik, naturani sun'iy ravishda yorug'lantiruvchi asboblar kerak bo'ladi. Tasviriy san'at xonasi bo'lmagan taqdirda bu ko'rsatilgan ko'rgazma va texnika vositalarini (mavzuga taaluqli bo'lganlarini albatta) o'quvchi sinfdan-sinfga ko'tarib yurishiga to'g'ri keladi. Bu ishlar esa ma'lum qiyinchiliklar bilan bog'liq bo'lganligi sababli ularni amalga oshirib bo'lmaydi. Natijada, mashg'ulotlarning ko'pchiligi ko'rgazmaliliksiz o'tiladi va u dastur talablariga javob bermaydi. Hozirda, boshqa fanlar qatori tasviriy san'at darslarini texnika vositalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. CHunki, san'atshunoslik asoslari kursini o'tishda ko'plab slayda, diopozitiv, diafilm, kinofilmlar namoyish etish kerak. Maktablarni yoppasiga kompyuterlashtirish amalga ...

Joylangan
16 Feb 2023 | 12:36:01
Bo'lim
Rasm va chizmachilik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.16 KB
Ko'rishlar soni
667 marta
Ko'chirishlar soni
51 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Feb 2023 [ 12:36 ]
Bo'lim
Rasm va chizmachilik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.16 KB
Ko'rishlar soni
667 marta
Ko'chirishlar soni
51 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: docx