Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishni ma'murlash

Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishni ma'murlash

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishni ma'murlash - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishni mamurlash Soliq to'lovchilar zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslardir. Soliq to'lovchining vakillari qonunga yoki tasis hujjatiga muvofiq soliq to'lovchining vakili bo'lishga vakolatli shaxslardir. Vakolatli organlar quyidagilardir: 1. Davlat soliq xizmati organlari - O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq Qo'mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari. 2. Bojxona organlari - O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona Qo'mitasi, Davlat bojxona qo'mitasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo'yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari. 3.Moliya organlari - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tuman va shahar hokimliklarining moliya bo'limlari. 4. Boshqa majburiy to'lovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari. Soliq to'lovchilar va vakolatli organlar soliq munosabatlarining subyektlaridir. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb etirof etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil yetmagan holda, mustaqil ravishda, xodimlarni yollash huquqisiz, o'ziga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanishga yo'l qo'yadigan o'zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir. O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o'n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O'zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs O'zbekiston Respublikasining rezidenti deb etirof etiladi. Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning quyidagilar sifatida turgan davri uning O'zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda turgan vaqtiga kiritilmaydi: 1.Diplomatik yoki konsullik maqomiga ega ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.4 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.4 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga