Jismoniy shaxslarni yakka tadbirkorlar sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi

Jismoniy shaxslarni yakka tadbirkorlar sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Jismoniy shaxslarni yakka tadbirkorlar sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy shaxslarni yakka tadbirkorlar sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tegishli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Ro'yxatdan o'tkazuvchi organlar ariza beruvchiga tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat ro'yxatidan o'tkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq, emas degan vaj bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo'shimcha talablarni belgilashga haqli emas. Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etganlik, shuningdek ro'yxatdan o'tkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Ro'yxatdan o'tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda ular ariza beruvchiga ro'yxatdan o'tkazishni rad etganlik yoki ro'yxatdan o'tkazish muddatini buzganlik tufayli etkazilgan zararning o'rnini qoplaydilar va ma'naviy zarar uchun tovon to'laydilar. Litsenziyalanishi lozim bo'lgan tadbirkorlik faoliyatining turlari qonunlar bilan belgilanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining o'z mol-mulki asosida va jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita bo'lgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, o'zgartirilishi va bekor bo'lishi bilan bog'liq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti bo'lishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkor o'z nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadi, huquqlar va majburiyatlarga ega bo'ladi hamda ularni amalga oshiradi. Jismoniy shaxs o'zining tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bitimlarni tuzayotganida, agar buning mohiyati tuzilayotgan bitimning mazmunidan aniq, kelib chiqmasa, yakka tartibdagi tadbirkor tariqasida harakat qilayotganligini ko'rsatishi lozim. Yakka tartibdagi tadbirkor o'z faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.14 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.14 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga