Jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibi Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi: 1. Mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadlar. 2. Mulkiy daromadlar. 3. Moddiy naf tarzidagi daromadlar. 4. Boshqa daromadlar. Yuridik shaxslar amalga oshiradigan quyidagi xarajatlar jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi: 1.Mehnat sharoitlari noqulay bo'lgan ishlarda band bo'lgan xodimlarni mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan sho'r suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta'minlash xarajatlari. 2. Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan amalga oshiriladigan to'lovlar, shu jumladan azolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi a'zolariga beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi qo'mitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa to'lovlar mustasno. 3. Xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish xarajatlari. 4. Diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini o'tkazish,vakillik xarajatlari, shahar yo'lovchilar transportida xodimlarning xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan yo'l kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini ta'minlash bilan bog'liq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlar. 5. Xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni o'z xizmat vazifalarini bajarishi chog'ida oziq-ovqat bilan ta'minlash xarajatlari. 6. Xodim boshqa joyga ishga o'tkazilganda yoxud ko'chib borganda ko'chish, mol-mulkini ko'chirib borish, joy ijarasi (yo'l xarajatlari uchun beriladigan pul) bilan bog'liq xarajatlarni to'lash yoki bu xarajatlarning o'rnini qoplash xarajatlari. 7. Xizmat safarlaridagi quyidagi kompensatsiya to'lovlari: Tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.91 KB
Ko'rishlar soni
226 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.91 KB
Ko'rishlar soni
226 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc