Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo'yicha imtiyozlar

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo'yicha imtiyozlar

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo'yicha imtiyozlar - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo'yicha imtiyozlar Quyidagilarning mulkida bo'lgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi: 1.O'zbekiston Qahramoni, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo'lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning. Mazkur imtiyoz tegishincha O'zbekiston Qahramoni unvoni berilganligi to'g'risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo'yicha bo'limning ma'lumotnomasi asosida beriladi. 2.1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo'limining yoxud boshqa vakolatli organning ma'lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bo'lgan huquqi to'g'risidagi guvohnoma asosida beriladi. 3. O'n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning. Mazkur imtiyozni berish uchun fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma'lumotnomasi asos bo'ladi. 4.Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolarning (shu jumladan u yerga vaqtincha yo'llangan yoki xizmat safariga yuborilgan shaxslarning). Mazkur imtiyoz tegishincha tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma'lumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan, imtiyozlar berish uchun asos bo'ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi. 5.Qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon o'lchami doirasida pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi. 6. I va II guruh nogironlarining. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma'lumotnomasi asosida beriladi. 7. Sobiq SSRni, O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog'ida yaralanganligi, kontuziya bo'lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo'lish bilan bog'liq kasallik tufayli halok bo'lgan harbiy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.39 KB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.39 KB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga