Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari Soliq solish obyektlari jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilgan yoxud ular yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan taqdirda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo'lgan yashash uchun mo'ljallanmagan joylar bo'yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bo'yicha to'lanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risidagi PQ-1675-sonli qaroriga muvofiq 2012 yilda jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari quyidagi miqdorda belgilangan: 6-jadval Jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 1. Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo'yicha organlar belgilagan inventarizatsiya qiymati bo'lmasa, soliq undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 18 480,0 ming so'm, boshqa shaharlar va qishloq joylarda - 8 030,0 ming so'm miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi. 2. Soliq solinadigan mol-mulkka egalik qiladigan pensionerlar uchun mol-mulk solig'i bo'yicha soliq solinmaydigan umumiy maydon 60 kv. m hajmida belgilanadi. 3. Jismoniy shaxslar tomonidan turar joy fondi obyektlari noturar joy fond toifasiga o'tkazilganda yoki ular tomonidan noturar joy fondi obyektlari (binolar, binodagi xonalar) mulk sifatida xarid qilinganda jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bo'yicha to'lanadi. 4.Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash va to'lash tartibi Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq to'lovchining yashash joyidan qati nazar, soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organning ma'lumotlari asosida amalga oshiriladi. Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.64 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.64 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc