Korxonalarda hisob siyosatini yuritishning ahamiyati Keyingi yillarda O'zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan ulkan iqtisodiy o'zgarishlar Respublikamiz hisob tizimini ham o'z ishiga qamrab olmoqda. Bunga misol etib buxgalteriya hisobining milliy standartlarining amaliyotga tatbiq etilayotganligini ko'rsatish mumkin. Ayniqsa mustaqillik yillarida buxgalteriya hisobining rivojlanishiga nazar tashlar ekanmiz, unda uslubiy va tashkiliy jihatdan katta o'zgarishlar ro'y berganligini sezish mumkin. Buxgalteriya hisobi yangi tizimining shakllanishiga eng avvalo mamlakatimizda dunyoning boshqa mamlakatlari bilan olib borayotgan o'zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarining ahamiyatini alohida takidlash zarur. Chunki ushbu iqtisodiy munosabatlarning bevosita ta'siri ostida mamlakatimizda amal qilinayotgan qonunlar va korxonalarning moliyaviy faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni qayta ko'rib chiqishga va ularning aksariyatini batamom yangidan yaratishga to'g'ri kelmoqda. Mamlakatimizda buxgalteriya hisobining bozor munosabatlari talablari asosida isloh qilishning to'rtta bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan: 1. Buxgalteriya hisobining qonuniy asoslarini yaratish; 2.«Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonun asosida buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqish; 3. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini qo'llash bo'yicha yo'riqnoma va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish; 4. Yuqoridagi qonuniy va me'yoriy hujjatlar asosida korxonalarning ish hujjatlarini, yani korxonalarning hisob siyosatini ishlab chiqish. Ushbu dastur asosida Respublikamizda buxgalteriya hisobining uslubiy va tashkiliy masalalari bo'yicha ancha ishlar qilindi. Jumladan, «Buxgalteriya hisobi va hisoboti to'g'risida»gi Nizom, «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va uni sotish bo'yicha mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanishi tartibi to'g'risida»gi Nizom, «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari». № 1 sonli «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» № 2, № 3, № 4, № 5, kabi qonuniy va me'yoriy hujjatlar ishlab chiqilib, qabul qilindi. Bu hujjatlar ichida O'zbekiston Respublikasining ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.77 KB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.77 KB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: doc