Kredit tashkilotlarining daromadlariga soliq solish tartibi

Kredit tashkilotlarining daromadlariga soliq solish tartibi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Kredit tashkilotlarining daromadlariga soliq solish tartibi - rasmi

Material tavsifi

Kredit tashkilotlarining daromadlariga soliq solish tartibi Kredit tashkilotlarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi: Kredit tashkilotining o'z nomidan va o'z hisobidan pul mablag'larini joylashtirishdan, kreditlar hamda zayomlar berishdan olinadigan foizlar, boshqa foizli daromadlar. O'zbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan kreditlar va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq foizlarni to'lash bo'yicha imtiyozli davr berilgan kreditlar bo'yicha foizli daromadlar kredit shartnomasiga ko'ra olish muddati etib kelmagunicha soliq solinadigan daromad sifatida qaralmaydi. Mijozlarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochganlik va yuritganlik hamda ularning topshirig'iga binoan hisob-kitoblarni amalga oshirganlik uchun olingan haq, shu jumladan jo'natma, inkasso, akkreditiv va boshqa operatsiyalar, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun mo'ljallangan to'lov kartalarini hamda boshqa maxsus vositalarni rasmiylashtirganlik va xizmat ko'rsatganlik uchun, hisobvaraqlar bo'yicha ko'chirmalarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etganlik uchun va summalarni qidirganlik uchun vositachilik haqi hamda boshqa pul mukofotlari. Pul mablag'larini inkassatsiya qilishdan, veksellardan, to'lov va hisob-kitob hujjatlaridan hamda mijozlarga kassa xizmati ko'rsatishdan olinadigan daromadlar. Naqd pulli va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini o'tkazishdan, shu jumladan chet el valyutasini sotib olish yoki sotish, jumladan mijozning hisobidan va uning topshirig'i bo'yicha operatsiyalarda vositachilik va boshqa mukofotlar, valyuta boyliklari bilan operatsiya qilishdan olinadigan daromadlar. Uchinchi shaxslar uchun pul shaklida ijro etilishini nazarda tutuvchi bank kafolatlari, majburiyatlari, avallari va kafilliklari berishga doir operatsiyalardan olinadigan pul shaklidagi mukofot. Hujjatlarni va qimmatliklarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar va seyflarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar. Pul mablag'lari, qimmatli qog'ozlar, boshqa boyliklar va bank hujjatlarini yetkazib berganlik, tashiganlik uchun haq. Qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni tashiganlik va saqlab turganlik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.7 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.7 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga