Mahalliy soliqlar va yig'imlar

Mahalliy soliqlar va yig'imlar

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Mahalliy soliqlar va yig'imlar - rasmi

Material tavsifi

Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig'imlar Respublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat byudjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotini 1 O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat Soliq Qo'mitasi ma'lumotlari asosida. 94 moliyaviy mablag' bilan ta'minlaydi va bu O'zbekiston Respublikasining byudjet tizimida umumRespublika byudjeti etakchi bo'g'indir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi - O'zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta'minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo'lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo'jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaxiralarini) mablag' bilan ta'minlashga ishlatiladi. UmumRespublika byudjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umumRespublika byudjetidan davlat byudjetining bu bo'g'ini ijrosi yuzasidan Respublikadagi hamma ishlarni muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Qoraqalpog'iston Respublikasining byudjeti pul mablag'larini Respublikaning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga oshiradigan ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun markazlashtiradi. Mahalliy byudjetlar O'zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o'z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to'laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to'g'ri olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining ko'payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to'g'risida tinmay g'amxo'rlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur'atlari to'g'ridan-to'g'ri mahalliy xo'jalik zahiralarini safarbar qilish, mablag'larni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bog'liq bo'ladi, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.83 KB
Ko'rishlar soni 280 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.83 KB
Ko'rishlar soni 280 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga