Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq to'lovini qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari Mikrofirmalar va kichik korxonalar, yagona soliq to'lovini to'lashni nazarda tutadigan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini yoki umumbelgilangan soliqlar to'lashni tanlashga haqli. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, oilaviy korxonalar va lotereyalar tashkil qilish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslar faqat soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qollashga haqli.Prezidentimizning 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda umumbelgilangan soliqlarni to'lovchi mikrofirmalar va kichik korxonalarni (aksiz to'lanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib oluvchilardan tashqari) byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga va Respublika yo'l jamg'armasiga majburiy ajratmalarni to'lovchilar toifasidan chiqarildi. Faoliyat ko'rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to'lovini to'lashga o'tish uchun keyingi hisobot davri boshlanishiga kamida bir oy qolganda, yangi tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korxonalar esa, davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan e'tiboran o'n besh kundan kechiktirmasdan soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini yagona soliq to'lovini to'lashga o'tishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi. Mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to'lovini to'lashdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda hisobot davri tugaganidan so'ng o'n kun ichida davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinadigan yozma bildirish asosida keyingi hisobot davridan boshlab umumbelgilangan soliqlar to'lashga o'tadi. Hisobot yili tugashi bilan belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelmaydigan yagona soliq to'lovini to'lovchilar davlat soliq xizmati organlariga yillik moliyaviy hisobot taqdim etish muddatidan kechiktirmay taqdim etiladigan yozma bildirish asosida keyingi hisobot yilidan boshlab umumbelgilangan soliqlar to'lashga o'tadi. Хodimlar soni mezoniga mos kelmaydigan yagona soliq ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
37.24 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
37.24 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: docx