Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi bo'yicha taqdim etilgan imtiyozlar va preferensiyalar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvardagi PQ-1464-sonli qarorida mamlakatimizda 2011-2015 yillarda islohotlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish, iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiya qilish, qulay tadbirkorlik faoliyatini shakllantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilab berildi: huquqiy bazani yanada rivojlantirish va yangi qonunlar qabul qilish. mamlakatimizda va hududlarda har tomonlama qulay biznes muhitini yaratish. kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida soliq va boshqa to'lovlar bo'yicha qulay sharoit yaratish, imtiyoz va preferensiyalar berish. moliya-bank tizimini liberallashtirish, moliya va kredit resurslari bozorini mustahkamlash va rivojlantirish. faol investitsiya siyosatini amalga oshirish hisobidan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va uning tarkibini diversifikatsiya etish. tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta'minlash. Korxonalarga preferensiya berish - milliy iqtisodiyotda faoliyat ko'rsatuvchi korxonalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida ular tomonidan ishlab chiqarish maqsadlari uchun chet eldan olib kiriladigan xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek, asbob-uskunalarni olib kirishda boj to'lovlari va boshqa jarayonlar bo'yicha engilliklar (imtiyozlar) berilishi. Soliq imtiyozi - soliq to'lovchilarning ayrim toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq to'lashdan to'liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli. Preferensiya - iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan beriladigan imtiyoz, afzallik va ustuvor qulayliklar. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi - kichik biznes subyektlarini rag'batlantirish maqsadida qo'llaniladigan soliqqa tortish tartibi. Soliq to'lovchida yalpi tushumga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 1.Tovarlar to'liq yoki qisman qaytarilganda. 2.Bitim shartlari o'zgarganda. 3.Baholar o'zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda. 4.Bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.03 KB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.03 KB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: docx