Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovini hisoblash va to'lash tartibi

Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovini hisoblash va to'lash tartibi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovini hisoblash va to'lash tartibi - rasmi

Material tavsifi

Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovini hisoblash va to'lash tartibi Kalendar yil soliq davridir. Hisobot davri quyidagilardir: Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun - yil choragi. Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to'lovchilar uchun - bir oy. Yagona soliq to'lovi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilar uchun yagona soliq to'lovi summasi byudjetga to'lanishi lozim bo'lgan qo'shilgan qiymat solig'i summasiga, lekin yagona soliq to'lovi summasining 50 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorga kamaytiriladi. Qo'shilgan qiymat solig'ini ixtiyoriy ravishda to'lashga kalendar yil boshidan etiboran o'tmagan to'lovchilar yagona soliq to'lovi summasini qo'shilgan qiymat solig'i hisoblab chiqarilgan hisobot davriga to'g'ri keladigan summaga kamaytiradi. Yagona soliq to'lovining hisob-kitobi soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ortib boruvchi yakun bilan: Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda. Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan korxonalar tomonidan - har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Yagona soliq to'lovini to'lash hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar - O'zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan O'zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan tushum soliq to'lovchining yalpi tushumiga to'liq miqdorda qo'shiladi. O'zbekiston Respublikasidan tashqarida to'langan foyda solig'ining summasi O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasida yagona soliq to'lovini to'lash chog'ida hisobga olinadi. To'lov xabarnomasi, chet davlat soliq organining ma'lumotnomasi yoki chet elda soliq to'langanligi faktini tasdiqlovchi boshqa hujjat chet elda to'langan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.88 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.88 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga