Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovining soliq obyekti va soliq solinadigan baza

Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovining soliq obyekti va soliq solinadigan baza

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovining soliq obyekti va soliq solinadigan baza - rasmi

Material tavsifi

Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovining soliq obyekti va soliq solinadigan baza Yalpi tushum soliq solish obyektidir. Soliq qonunchiligiga muvofiq quyidagilar chegirib tashlangan holda hisoblab chiqarilgan yalpi tushum soliq solinadigan bazadir: 1.Davlat qimmatli qog'ozlari bo'yicha daromadlar. 2.To'lov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar tariqasida olingan daromadlar. 3.Dividendlar tariqasida olingan va qaysi yuridik shaxsdan olingan bo'lsa, o'sha yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo'naltirilgan daromadlar. Muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqib ketganda) yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki imtiyoz qo'llanilganidan so'ng bir yil ichida uning ishtirokchilari o'rtasida taqsimlanganda ilgari soliq solinadigan bazadan chegirilgan daromadlarga to'lov manbaida umumiy asoslarda soliq solinadi. 4. Hisobot yilida aniqlangan o'tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular qaysi davrda paydo bo'lgan bo'lsa, o'sha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha o'tkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda soliq solinishi kerak. 5.Ko'p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo'lsa. 6.Mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida va asosiy vositalarni tugatishda ularning ilgari qayta baholashlardagi qiymatining kamayishi summasidan ortgan qismi hisobiga olingan boshqa daromadlar. 7. To'liq amortizatsiya qilingan asosiy vositalarni realizatsiya qilishdan yoki tugatishdan olingan daromadlar. Soliq solinadigan baza soliq qonunchiligida nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi: 1.Avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchalari uchun: jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg'isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasiga. benzin, dizel yoqilg'isi va gazning avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchalarining belgilangan eng yuqori ustamadan oshadigan chakana narxi bilan olish narxi o'rtasidagi mahalliy byudjetga o'tkazilishi lozim bo'lgan farq summasiga. 2. Lotereya o'yinlarini tashkil ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.9 KB
Ko'rishlar soni 166 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.9 KB
Ko'rishlar soni 166 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga