O'zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq solish

O'zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq solish

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
O'zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq solish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq solish O'zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa bilan bog'liq bo'lmagan va to'lov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagi stavkalar bo'yicha soliq solinadi: 1. Dividendlar va foizlarga - 10 foiz. 2. Sug'o'rta qilish, birgalikda sug'o'rta qilish va qayta sug'o'rta qilish shartnomalari bo'yicha sug'o'rta mukofotlariga - 10 foiz. 3. xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashishlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) - 6 foiz. 4. O'zbekiston Respublikasi norezidentlarining doimiy muassasa bilan bog'liq bo'lmagan daromadlariga - 20 foiz. O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yuridik shaxs - O'zbekiston Respublikasi norezidentining soliq solinadigan foydasini aniqlashda foyda solig'ini hisoblab chiqarish maqsadi uchun soliq solinadigan foyda summasi soliq qonunchiligida nazarda tutilgan xarajatlar summasining 10 foizidan kam bo'lishi mumkin emas. O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yuridik shaxsning - O'zbekiston Respublikasi norezidentining daromadlariga doimiy muassasa faoliyati bilan bog'liq bo'lgan barcha turdagi daromadlar kiradi. O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yuridik shaxsning - O'zbekiston Respublikasi norezidentining xarajatlariga O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirishdan olingan daromadlari bilan bevosita bog'liq bo'lgan, ular O'zbekiston Respublikasida yoki uning tashqarisida qilinganligidan qati nazar, barcha turdagi xarajatlari kiradi. Soliq solinadigan baza tovarlarni realizatsiya qilish qiymati bilan ularni olish qiymati o'rtasidagi O'zbekiston Respublikasida omborga tovarlar yetkazib berish xarajatlari hisobga olingan holdagi farq sifatida aniqlanadi. Yuridik shaxs - O'zbekiston Respublikasining norezidenti doimiy muassasaga quyidagilar sifatida taqdim etilgan summalarni doimiy muassasaga chegirishga kiritish huquqiga ega emas: 1. O'zbekiston Respublikasi ushbu norezidentining mol-mulkidan va intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik yoki foydalanish huquqini berganlik uchun olinadigan royalti, gonorarlar, yig'imlar va boshqa to'lovlar. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.36 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.36 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga