O'zbekiston RespublikaSI SOLIQ SIYOSATI VA SOLIQ TIZIMI. REJA: 1. Davlat soliq tizimi. 2. Soliqlarni tasniflash 3. O'zbekiston Respublikasida soliq tizimining shakllanishi 4. O'zbekiston Respublikasining soliq siyosati 1.Davlat soliq tizimi. Davlat soliq tizimini davlat tomonidan o'rnatilgan barcha soliqlar, yig'imlar va boshqa byudjetga undiriladigan majburiy to'lovlar majmuasi, ularning shakli va tuzilish metodlari tashkil etadi. Bir xil mohiyatga ega va o'zaro munosabatda bog'liq bo'ladi markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa fondlarini majburiy tashkil etadigan soliq va yig'imlar turlarining yig'indisiga soliqlar tizimi deb ataladi. Bu ta'rifda soliq va yig'imlar yagona mohiyat, ya'ni «majburiy xarakterga ega bo'lgan munosabat» va ularning bir-biri bilan bog'liqligi va nixoyat byudjetga tushishligini ko'rsatadi. Bu O'zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu yerda bahsli masala ham mavjud, ya'ni davlatning byudjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sugo'rta, bandlik, yo'l fondlari va boshqalar) to'lovlarni ham majburiylik nuqtai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud. O'zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 5-8 moddalariga binoan soliqlar tizimi quyidagi tarkibga ega bo'ladi, unga keyingi o'zgartirishlar ham kiritilgan. O'zbekistonda soliqlar tizimi tarkibi Jadvaldan ko'rinib turibdiki, hozirgi kunda soliqlar kodeksda 8 ta umumdavlat (Respublika) soliqlar i va 5 ta mahalliy soliqlar ko'rsatilgan. o'zgartirishlar bilan ularning soni yig'imlari ham kushib ko'rsatilgan. Soliq va yig'imlar bir-biri bilan bog'liq bo'ladi, oqibat natijasida ular huquqiy va jismoniy shaxslarning pul daromadlaridan olinadi. Demak, soliq va yig'imlarning jami yig'indisi summasi soliq og'irligi tushunchasini keltirib chikaradi. Soliq sistemasi etarli darajada murakkab bo'lib, u ko'pgina soliq turlari, har xil turdagi soliq to'lovchilar, soliqni undirishni tashkil etash usullari va soliq imtiyozlaridan iborat. Ammo, soliqlar har xil bo'lishiga qaramasdan ularni bog'lab ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.04 KB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.04 KB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: doc