O'zbekiston Respublikasi soliq tizimining nazariy asoslari

O'zbekiston Respublikasi soliq tizimining nazariy asoslari

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
O'zbekiston Respublikasi soliq tizimining nazariy asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi soliq tizimining nazariy asoslari Reja: Soliq tizimining mohiyati va ahamiyati. Soliq tizimini guruhlash tartibi. To'g'ri va egri soliqlar. Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig'imlar. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va yig'imlar. O'zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari. 1. Soliq tizimining mohiyati va ahamiyati Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig'imlar, bojlar va boshqa majburiy to'lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig'indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta'rif soliq tizimini keng ma'noda tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma'noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo'lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig'im, boj va boshqa majburiy to'lovlarning yig'indisi soliq tizimi deb ataladi. Soliq tizimiga nisbatan bunday yondashuvni ayrim adabiyotlarda ham keltirilganligini ta'kidlash o'rinli. Qayd etilgan ta'rifda soliq va yig'imlar yagona mohiyat, ya'ni «majburiy xarakterga ega bo'lgan munosabat» va ularning bir-biri bilan bog'liqligi va nihoyat byudjetga tushishligini ko'rsatadi. Bu O'zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu yerda bahsli masala ham mavjud, ya'ni davlatning byudjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sug'o'rta, bandlik, yo'l fondlari va boshqalar) to'lovlarni ham majburiylik nuqtai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud. Soliqlar bo'yicha izlanishlar olib borgan ayrim mualliflarning soliq tizimiga yondashuvi boshqacha. Soliq tizimiga xususan soliqlar yoki ularga tenglashtirilgan to'lovlar tizimi (majmui) sifatida qarash mumkin emas. Soliq solishning muhim shart-sharoitlariga quyidagilar kiradi: soliqlarni belgilash va amalga kiritish tartibi, soliqlarning turlari, ularni byudjet darajalari o'rtasida taqsimlash tartibi, soliq nazoratini amalga oshirish shakllari va uslublari, soliq to'lovchilarning huquqlari, majburiyatlari, ular manfaatlarini himoya qilish usullari, soliq munosabatlari ishtirokchilarining javobgarligi va shu ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.57 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.57 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga