O'zbekiston Respublikasining soliq kodeksi

O'zbekiston Respublikasining soliq kodeksi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
O'zbekiston Respublikasining soliq kodeksi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi UMUMIY QISM I BO'LIM. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar 1-modda. O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar Ushbu Kodeks soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga (bundan buyon matnda byudjet deb yuritiladi) va davlat maqsadli jamg'armalariga to'lash bilan bog'liq munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi. 2-modda. Soliq to'g'risidagi qonun hujjatlari Soliq to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar ushbu Kodeks bilan belgilanadi, o'zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq bo'lishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq bo'lmagan taqdirda, ushbu Kodeks qoidalari qo'llaniladi. Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjat quyidagi hollarda ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi, agar hujjat: 1) ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatni qabul qilish huquqiga ega bo'lmagan organ tomonidan qabul qilingan bo'lsa yoki normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan bo'lsa; 2) soliq munosabatlari subyektlarining huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa, soliq munosabatlari subyektlarining ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlarining mazmunini, ular harakatlarining asoslari, shartlari, ketma-ketligi yoki tartibini o'zgartirsa; 3) ushbu Kodeks bilan taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yo'l qo'ysa; 4) ushbu Kodeksda belgilangan tushunchalar mazmunini o'zgartirgan yoki bu tushunchalar ushbu Kodeksda qo'llanilganidan boshqacha ma'noda qo'llanilgan bo'lsa. Ushbu moddaning to'rtinchi qismida nazarda tutilgan holatlardan loaqal bittasi mavjud bo'lgan taqdirda, soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi. Ushbu Kodeksga muvofiq bo'lmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 369.69 KB
Ko'rishlar soni 335 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 369.69 KB
Ko'rishlar soni 335 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga