Mavzu. O'zbekiston RespublikaSI SOLIQ TIZIMI VA SOLIQ MUNOSABATLARI subyektLARINNIG HUQUQ HAMDA MAJBURIYATLARI Reja: 1. Soliq tizimining mohiyati va soliqlarning guruhlanishi 2. Soliq to'lovchilarning huquqlari va majburiyatlari 3. O'zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uni takomillashtirish yo'llari Tayanch iboralar: Soliq kodeksi, huquq, majburiyat, vakolat, egri soliq, to'g'ri soliq, qo'shilgan qiymat solig'i, aktsiz solig'i, bojxona boji va yer qa'ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlar, soliq to'lovchilarning huquqlari, soliq to'lovchilarning majburiyatlari. 1. Soliq tizimining mohiyati va soliqlarning guruhlanishi Avvalo soliqlar tizimi va soliqqa tortish tizimini bir-biridan farqini bilish zarur. Soliqlar tizimi mohiyati jihatdan bir xil, o'zaro bog'liq bo'lgan va markazlashgan pul fondiga hamda boshqa davlat fondlariga tushadigan soliq turlarining yig'indisidir. Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillar yig'indisiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Demak, bu yerda tizim iqtisodiy kategoriyani o'z ichiga oladi. U asosan soliq undirishni tashkil etish masalalarini o'rgatadi. Bu tizimning roli va tuzilishi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi bilan aniqlanadi. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig'imlar, bojlar va majburiy to'lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig'indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta'rif soliq tizimini keng ma'noda tushunish demakdir. O'zbekiston Respublikasi Soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar tizimidan iborat. Soliq Kodeksining 23-moddasida e'tirof etilganidek, O'zbeksiton Respublikasi hududida amal qiladigan soliqlarni va majburiy to'lovlarni quyidagi guruhlarga ajratib o'rganish mumkin. Soliqlar soliq solish obyektiga qarab to'rt guruhga bo'linadi: 1. Oborotdan olinadigan soliqlar. 2. Daromaddan olinadigan soliqlar. 3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar. 4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga qo'shilgan ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.27 KB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.27 KB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: docx