Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i 1.Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'ini to'lovchilari tarkibi Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar - O'zbekiston Respublikasi rezidentlari obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'ini to'lovchilardir. Quyidagilar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'ini to'lovchilar bo'lmaydi: notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan foydasi mustasno. soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar. 2.Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'ining obyekti va soliqqa tortiladigan baza Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i chegirilganidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazadir. Bunda soliq solinadigan baza olinishi lozim bo'lgan (olingan) dividendlar summasiga, qo'shimcha foyda solig'i to'lovchilar uchun esa sof qo'shimcha foyda summasiga ham kamaytiriladi. Balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari bo'lgan soliq to'lovchilar soliq solinadigan bazani hisoblangan foyda solig'i chegirib tashlangan holda yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foydani va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini ta'minlash uchun haqiqatda sarflangan xarajatlarning mazkur xarajatlar summasidan hisoblab chiqilgan foyda solig'i summasiga kamaytirilgan summasini qo'shish orqali aniqlaydi. Ijtimoiy infratuzilma obyektlariga sog'liqni saqlash obyektlari, ta'lim obyektlari va bolalar dam olish oromgohlari kiradi. 3.Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i bo'yicha imtiyozlar Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'ini to'lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, Nuroniy jamg'armasi va O'zbekiston chernobilchilari assotsiatsiyasi mulkida bo'lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, ta'minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqini belgilayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo'lgan xodimlar kiritiladi. 4.Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'ini hisoblash va to'lash tartibi Stavka soliq ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.84 KB
Ko'rishlar soni
252 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.84 KB
Ko'rishlar soni
252 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: docx