Qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha imtiyozlar va soliq stavkalari Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning stavkalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. Qo'shilgan qiymat solig'i stavkalari quyidagilardan iborat: -20%li qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi -Nol darajali qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risidagi PQ-1675-sonli qaroriga muvofiq 2012 yilda qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi 20 foiz miqdorida saqlab qolindi. Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi. Chet el tarafi o'zarolik prinsipiga amal qilgan taqdirda, chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek bu vakolatxonalar diplomatik va ma'muriy-texnik xodimlarining, shu jumladan ular bilan birga yashayotgan oila a'zolarining, agar ular O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmasalar hamda O'zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan bo'lmasalar, shaxsiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) nol darajali stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati tomonidan keyinchalik chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga realizatsiya qilish uchun olinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) nol darajali stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda nol darajali stavka qo'llanilishi tatbiq etiladigan O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan chet el diplomatik vakolatxonalarining va diplomatik vakolatxonalariga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarning ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo'yicha bajarilgan ishlarga (ko'rsatilgan xizmatlarga), agar qayta ishlash mahsulotlari O'zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.27 KB
Ko'rishlar soni
230 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.27 KB
Ko'rishlar soni
230 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: docx