Qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblash va to'lash tartibi Soliq solinadigan oborotlar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Byudjetga to'lanishi lozim bo'lgan qo'shilgan qiymat solig'i soliq solinadigan oborot bo'yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan soliq qonunchiligiga muvofiq hisobga olinadigan soliq summasi o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Tovarlarni import qilish bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ining summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Qo'shilgan qiymat solig'ining hisob-kitobi soliq bo'yicha hisobda turgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan: -qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchisi bo'lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshirilgan muddatda. -mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to'lovchilar tomonidan - har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa - yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Soliq to'lovchilar, bundan kredit va sug'o'rta tashkilotlari mustasno, qo'shilgan qiymat solig'ining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha hisobvaraq-fakturalar reestrini taqdim etadi. Hisobvaraq-fakturalar reestrining shakli O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan belgilanadi. Qo'shilgan qiymat solig'ini byudjetga to'lash soliq qonunchiligiga muvofiq qo'shilgan qiymat solig'i hisob-kitoblarini taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. Import qilinadigan tovarlar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ini to'lash bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Hisobvaraq-faktura va uni to'ldirish tartibi Hisobvaraq-faktura qatiy hisobot hujjati bo'lib, unda quyidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi: 1. Hisobvaraq-fakturaning tartib raqami va yozib berilgan sanasi. 2.Hisobvaraq-faktura ilova qilinadigan tovar jo'natish hujjatlarining yoki shartnomaning raqami ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.58 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.58 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: docx