Qo'shilgan qiymat solig'ining davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda tutgan o'rni O'zbekiston Respublikasida qo'shilgan qiymat solig'i 1992 yilda joriy etilgan bo'lib, bu soliqni huquqiy tartibga soluvchi soliq qonunchiligi hujjati bo'lib 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to'g'risida»gi qonun va unga muvofiq ishlab chiqilgan 1992 yil 30 martdagi «Qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblash va to'lash tartibi to'g'risidagi» yo'riqnoma hisoblanadi. Soliq qonunchiligiga muvofiq 1992 yilda dastlab qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi 30 % miqdorida belgilangan. Qo'shilgan qiymat solig'ining obyektiv zarurligini davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish bilan ifodalash mumkin.Mamlakatimizda xilma xil mulk shakllarining paydo bo'lishi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning ular faoliyatiga aralashuvi faqat qonun yo'li bilan yani soliqlar jumladan, qo'shilgan qiymat solig'i orqali bo'ladi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida davlatning yangi vazifalari paydo bo'ladi. Bu vazifalarga mamlakatimizda kam ta'minlanganlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo'jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy chora tadbirlarini amalga oshirish uchun nafaqaxo'rlar, talabalar, ko'p bolali onalar va boshqlarni ko'proq mablag' bilan ta'minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarini davlat hisobidan amalga oshiradi, kam ta'minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Shuningdek, mamlakatimiz jamiyat a'zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o'zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlashga, harbiy texnikaga ham mablag'lar sarflaydi. Davlat fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, mamlakatda tartib intizom o'rnatish, uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko'plab mablag' yo'naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo'lgan soliqlarni, jumladan qo'shilgan qiymat solig'ini obyektiv zarur qilib qo'yadi. 7.1.1- jadval O'zbekiston Respublikasining 2011 yilgi Davlat byudjeti parametrlari Bozor munosabatlarida davlat ham uning ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.42 KB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.42 KB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: docx