Qo'shilgan qiymat solig'ining rivojlanish bosqichlari Davlat byudjetining daromadlarini shakllantirishda qo'shilgan qiymat solig'idan foydalanish 1919 yilda vujudga kelgan. Qo'shilgan qiymat solig'i ilk bor Germaniyada 1919 yilda Vilgelm fon Simens tomonidan «Veredelte Umsatzteuer» nemischa mukammallashgan aylanma soliq nomi bilan joriy etilib, bu soliq turi qo'shilgan qiymat solig'i nomi bilan fransuz iqtisodchisi M. Lore tomonidan 1954 yilda taklif qilingan va 1960 yilda Kot-d-Ivuar Respublikasida joriy etildi va Fransiya soliq tizimiga soliq turi sifatida kiritilgan. Dunyo mamlakatlarida qo'shilgan qiymat solig'i undirish tartibi dastlab 1954 yilda fransuz iqtisodchisi M.Lore tomonidan tavsiya etilgan, bu soliq turi bilan bog'liq fikrlar XX asrning boshlarida vujudga kelgan va jahonning 48 dan ortiq mamlakatlarida joriy etilgan. Mustaqil Davlatlar Xamdo'stligi davlatlarida 1992 yildan boshlab qo'shilgan qiymat solig'i joriy etilgan. Qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilari tarkibi Qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilar quyidagilardir: 1.Soliq solinadigan oborotlarga ega bo'lgan yuridik shaxslar. 2.Soliq qonunchiligiga muvofiq zimmasiga O'zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo'shilgan qiymat solig'i to'lash bo'yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar. 3.Tovarlarni O'zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, o'z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno. 4.Oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) - yuridik shaxs. Quyidagilar qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilar hisoblanmaydi: 1.Notijorat tashkilotlari. 2.Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar. ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.62 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.62 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: docx