Qo'shilgan qiymat solig'ining soliq solish obyekti va soliq solinadigan baza

Qo'shilgan qiymat solig'ining soliq solish obyekti va soliq solinadigan baza

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Qo'shilgan qiymat solig'ining soliq solish obyekti va soliq solinadigan baza - rasmi

Material tavsifi

Qo'shilgan qiymat solig'ining soliq solish obyekti va soliq solinadigan baza Soliq solish obyekti quyidagilardir: 1.Soliq solinadigan oborot. 2.Soliq solinadigan import. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deb quyidagilar etirof etiladi: 1.Mol-mulkka bo'lgan mulk huquqini o'tkazish, ishlar bajarish, xizmatlar ko'rsatish. 2.Bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bo'linmasi tomonidan boshqa tarkibiy bo'linmasiga, agar tarkibiy bo'linmalar soliq qonunchiligiga muvofiq mustaqil soliq to'lovchilar bo'lsa, mol-mulkni berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish. 3.Mol-mulkni moliya ijarasiga (shu jumladan lizingga) berish. 4.To'lovni bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan tovarni jo'natish. 5.Mol-mulkni operativ ijaraga berish. 6.Intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqni o'tkazish yoki ulardan foydalanish huquqini berish. 7.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini hisoblab chiqarishda soliq qonunchiligiga muvofiq xarajatlari chegirilmaydigan soliq to'lovchining o'z ehtiyojlari uchun o'zi ishlab chiqargan tovarlarni berish, o'z kuchi bilan ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish. Soliq to'lovchining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti soliq solinadigan oborotdir. O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar soliq solinadigan importdir. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlariga, agar ularni realizatsiya qilish joyi O'zbekiston Respublikasi hududi bo'lsa, qo'shilgan qiymat solig'i solinadi. Tovarlar jo'natilgan (berilgan) kun tovarlarni realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir. Agar tovarlarni jo'natish amalga oshirilmasa, tovarga bo'lgan mulk huquqi oluvchiga o'tkazilgan kun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir. Garovga qo'yilgan mol-mulk (tovar) garovga qo'yuvchi tomonidan topshirilganda garov narsasiga bo'lgan mulk huquqi o'tkazilgan sana garovga qo'yuvchi uchun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir. Yuridik shaxsning xodimlariga ularning mazkur yuridik shaxsdagi faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan shaxsiy ehtiyojlari uchun ish haqi hisobiga, shu jumladan bepul tovarlar berilganda, ishlar bajarilganda, xizmatlar ko'rsatilganda tovar berilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko'rsatilgan hamda hisobvaraq-faktura ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.06 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.06 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga