Soddalashtirilgan soliq tizimining rivojlanish bosqichlari Yagona soliq to'lovi kichik biznes subyektlarini qo'llab- quvvatlash maqsadida turli soliq va yig'imlar o'rniga soddalashtirilgan tartibda to'lanuvchi yagona soliq turi. Soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi- bu shunday soliqqa tortish tizimi bo'lib, unda kichik biznes subyektlarini rag'batlantirish maqsadi qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi Kichik korxonalar uchun ixchamlashtirilgan soliqqa tortish tizimiga o'tishni qo'llash to'g'risidagi 159- sonli qarori qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig'ini joriy etish to'g'risida gi PF 2086 sonli farmoni qabul qilindi. 1998 yildan 2005 yil 1 iyulgacha kichik korxonalar va mikrofirmalar yagona soliq va byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalarni to'lar edi. 2005 yil 1 iyuldan boshlab amaldagi yagona soliq va byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi, Respublika yo'l jamg'armasi va Maktab ta'limini rivojlantirish jamg'armasiga majburiy ajratmalar o'rniga yagona soliq to'lovi joriy qilindi. Kichik biznes subyektlari uchun soddalashtirilgan soliq tizimini qo'llashning huquqiy asoslari bo'lib O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi Kichik korxonalar uchun ixchamlashtirilgan soliqqa tortish tizimiga o'tishni qo'llash to'g'risidagi 159-son qarori va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig'ini joriy etish to'g'risidagi PF-2086-sonli Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi PF-3620-sonli Farmoni hisoblanadi. ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.12 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.12 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: docx