Soddalashtirilgan soliq tizimining soliq amaliyotiga tadbiq etilishi Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi soliq to'lovchilarning ayrim toifalari uchun qo'llaniladi va yagona soliq to'lovini, yagona yer solig'ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qatiy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to'lashning maxsus qoidalari qo'llanilishini, shuningdek mazkur soliqlar bo'yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi. Qatiy belgilangan soliqni to'lash belgilangan faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yagona soliq to'lovi to'lovchilar va yagona yer solig'ini to'lovchilar ushbu faoliyat turlari bo'yicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda soliq qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda qatiy belgilangan soliq to'lashlari shart. Soliq qonunchiligida ko'rsatilgan soliqlar soliq qonunchiligida nazarda tutilgan jami umumbelgilangan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning o'rniga to'lanadi. Soliq davri mobaynida, soliq solish tartibi o'zgargan taqdirda, soliq to'lovchi bu haqda soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi. Bunda o'tgan davr uchun soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni o'sha davrda amal qilgan soliq solish tartibidan kelib chiqqan holda to'lash bo'yicha majburiyatlar soliq to'lovchilarda saqlanib qoladi. ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.43 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.43 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: docx